Pokistonning Kuetta shahrida xudkushlik hujumi uyushtirildi

Pokiston bilan Afg’oniston chegarasida o’rin olgan Kuetta shahrida uyushtirilgan xudkushlik hujumida 5 nafar politsiya xodimi jon berar ekan, 7 nafar politsiya xodimi tan jarohati oldi.

958158
Pokistonning Kuetta shahrida xudkushlik hujumi uyushtirildi

Pokiston bilan Afg’oniston chegarasida o’rin olgan Kuetta shahrida, politsiya minibusiga qarshi uyushtirilgan xudkushlik hujumida 5 nafar politsiya xodimi jon berar ekan, 7 nafar politsiya xodimi tan jarohati oldi.

Pokiston Qurolli kuchlari tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Belujiston shtati poytaxti Kuettadagi aeroport yo’lida yuz bergan voqeada birinchi aniqlashlarga ko’ra 5 nafar politsiya xodimi jon bergan bo’lib, 7 nafar politsiya xodimi tan jarohati olgan.

Bayonotda shuningdek Kuettaning Mian Ghundi mintaqasidagi qo’riqchilarga qarshi xudkushlik hujumi uyushtirmoqchi bo’lgan ikki kishining ham o’sha soatlarda xavfsizlik kuchlari tomonidan o’q uzish orqali yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.  

Hozirda mintaqaning xavfsizlikni ta’minlash maqsadida politsiya xodimlari tomonidan o’rab olinganligi ham bayonotda ilova etildi.

Aytib o’tish joizki Kuetta shahrida oxirgi bir oy ichida xristian va chegara qo’riqchilariga qarshi shunga o’xshash hujumlar uyushtirilgan edi.

Turkiya Pokistondagi mazkur terror hujumni keskin qoraladi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda PokistonningBelujiston shtati poytaxti Kuettada yuz bergan terror hujumi oqibatida pokistonlik xavfsizlik kuchlari orasida shahid bo’lgan va tan jarohati olganlarning borligi qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, “Bu dahshatli terror hujumini keskin qoralab, jon berganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo va Pokiston hukumati bilan qardosh Pokiston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Kuetta , #xudkushlik hujumi

Aloqador xabarlar