Suriyada xalqaro koalitsiyaning hujumi oqibatida 11 kishi jon bergan

Suriyada xalqaro koalitsiyaning hujumi oqibatida 11 nafar tinch aholining jon berganligi iddio qilinmoqda.

954986
Suriyada xalqaro koalitsiyaning hujumi oqibatida 11 kishi jon bergan

Amerika Qo’shma Shtatlari yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan Haseke tumanidagi DEASh terror tashkiloti nazorati ostidagi qamoqxonaga qarshi hujum uyushtirganligi va oqibatida 11 nafar tinch aholining jon berganligi iddio qilindi.  

Koalitsiyaga oid urush uchoqlari Hasekening janubi-sharqida joylashgan Abu-Hamdan qishlog’idagi DEASh terror tashkiloti nazorati ostidagi qamoqxonani vayron qildi.

Hujumda 11 nafar tinch aholining jon berganligi ilgari surildi.

Aytib o’tish joizki DEASh terror tashkiloti Iroq chegarasining bir bo’lagini shu jumladan Haseke viloyatining Shedadi tumani, Humusning sharqi, Damashq va Kuneytraning ma’lum nuqtalarini bosib olgan.  



Aloqador xabarlar