Putin bilan Merkel Suriya kun tartibini qo’lga oldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqat qilib unda, Suriya kun tartibini qo’lga oldi.

953369
Putin bilan Merkel Suriya kun tartibini qo’lga oldi

Vladimir Putin Angela Merkelga Amerika Qo’shma Shtatlarining Angliya va Fransiya bilan birgalikda Suriyaga qarshi uyushtirgan hujumining xalqaro huquq talab va qoidalariga javob bermasligini qayd etdi.  

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqat qildi.

Kremldan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Putin bilan Merkel mazkur muloqatda Suriya kun tartibini qo’lga olgan.  

Putin Merkel bilan yuqorida nomi tilga olingan 3 davlatning 14-aprel kuni Suriyaga qarshi uyushtirgan hujumini baholar ekan bu vaziyatning, Suriya muammosini tinchlik yo’li bilan hal qilish jarayoniga jiddiy ziyon yetkazganligini qayd etgan.

Muloqatda shuningdek Suriyadagi Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining kimyoviy hujum uyushtirilganligi haqidagi iddiolar ustidan batafsil va betaraf tekshiruv ishlari yuritishning ahamiyati ta’kidlangan.

Rossiya Davlat rahbari Putin bilan Germaniya kantsleri Merkel Ostona va Jeneva jarayonlari ham doxil Suriya bo’yicha olib borilgan siyosiy va diplomatik say-harakatlarini takror kun tartibiga olib chiqish va bu borada uchrashuvlar o’tkazishga tayyor ekanliklarini tasdiqlaganlar.

Muloqatda shuningdek “Shimoliy oqim-2” tabiiy gaz o’tkazgich loyihasining qurilishi haqida ham fikr almashganlar.

 

 



Aloqador xabarlar