Eronning janubi sharqidagi chegarasiga hujum qilindi

Eron inqilob gvardiyachilarining Al-Quds qarorgohidan qilgan izohiga ko’ra, tonga yaqin qurolli bir guruh Pokiston tomonidan Eron chegara postiga hujum qildi.

953090
Eronning janubi sharqidagi chegarasiga hujum qilindi

Eron janubi sharqida chegara posbonlariga qarshi hujum sodir qilindi.

Hujumda uch chegarachi halok bo’ldi.

Hujumni sodir qilgan shaxslardan uch nafari o’ldirildi.

Eron inqilob gvardiyachilarining Al-Quds qarorgohidan qilgan izohiga ko’ra, tonga yaqin qurolli bir guruh Pokiston tomonidan Eron chegara postiga hujum qildi.

Chegarachilar qurolli guruhga qarshi o’t ochdi.

Otishmada hujumkorlardan uch nafari o’ldirildi, bir nafar chegarachi voqea joyida halok bo’ldi.

Chegara hududiga qo’shimcha kuch sifatida yo’lga chiqqan Eron inqilob gvardiyachilariga oid transport yo’lga joylashtirilgan minaning portlashi oqibatida halokatga uchradi.

Voqea joyida 2 askar halok bo’ldi, 2 nafari yaralandi.

Hujumni sodir qilgan guruh qaysi terror tashkilotiga mansub ekanligi ma’lum emas.

 

 



Aloqador xabarlar