Fransiyada hukumatga qarshi namoyishlar to’qnashuvga aylandi

Taxminan 2000 kishi qatnashgan namoyishlar paytida atrofdagi banklarga, ko’chmas mulklarni ijaraga berish ofislariga, sug’urta shirkatlariga va telefon sotiladigan savdo do’konlariga hujum qilindi.

952530
Fransiyada hukumatga qarshi namoyishlar to’qnashuvga aylandi

Fransiyada hukumatga qarshi namoyishlar to’qnashuvga aylandi.

Namoyishchilar bilan politsiya xodimlari o’rtasida to’qnashuv ro’y berdi.

51 namoyishchini qo’lga olgan politsiya so’roq-savoldan so’ng, ba’zilarini qo’yib yubordi, 17 kishi esa hamon qo’lga olingan vaziyatda.

Taxminan 2000 kishi qatnashgan namoyishlar paytida atrofdagi banklarga, ko’chmas mulklarni ijaraga berish ofislariga, sug’urta shirkatlariga va telefon sotiladigan savdo do’konlariga hujum qilindi.

Tegishli vakillarning ta’kidlashicha, namoyishchilar hududda katta moddiy zararga sabab bo’lgan.

Mamlakatda ko’plab xizmat sektorida ish tashlash namoyishlari davom etar ekan, farqli guruhlar ba’zi talablar bilan mamlakatning turli shaharlarida namoyish o’tkazmoqdalar.

Namoyishlarga o’n minglab kishi qatnashmoqda.

Parijda ham atrof-muhit muhofazakorlari xalqaro aeroport hududini o’rab oldi.

Ularni qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil qilingan namoyish esa, to’qnashuvga aylandi.

Politsiya olomonga kuchli bosim bilan suv va ko’zdan yosh keltiruvchi zaharli gaz bilan hujum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #hukumat , #namoyish

Aloqador xabarlar