"Amerikaliklarni Suriyada qolishga biz ko’ndirdik” degan Makronga Oq uydan javob...

Oq Uy kotibi Sarah Sanders Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Donald Trampni Suriyadan ketmaslikka ko’ndirganligi haqidagi iddaosiga javoban, “Prezident Amerika qurolli kuchlarini yaqinda vataniga qaytarish bo’yicha qarori qat’iy”,-dedi.

952180
"Amerikaliklarni Suriyada qolishga biz ko’ndirdik” degan Makronga Oq uydan javob...

AQSh prezidenti Donald Trampni Suriyadan chekinishdan voz kechirganligini aytgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga Oq Uydan javob keldi.

Oq Uy kotibi Sarah Sanders Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning AQSh prezidenti Donald Trampni Suriyadan ketmaslikka ko’ndirganligi haqidagi iddaosiga javoban, “Prezident Amerika qurolli kuchlarini yaqinda vataniga qaytarish bo’yicha qarori qat’iy”,-dedi.

“AQShning Suriyadagi maqsadi o’zgarmadi. Prezident AQSh kuchlarini tez kunlarda Amerikaga qaytarishga qat’iy. DAIShni butunlay yo’q qilish va qayta paydo bo’lishini oldini oladigan choralarni olish bo’yicha qarorimiz qat’iy”,-dedi Sarah Sanders.

Makronning BFMTV va Mediapartda efirga uzatilgan jonli ko’rsatuvda “AQSh prezidenti Donald Tramp o’z askarlarini Suriyadan olib chiqish ketishini aytgan edi. Amerikaliklarni Suriyada qolishga biz ko’ndirdik”- degan izohi Vashingtonda tortishuvlarga sabab bo’lgandi.

 



Aloqador xabarlar