Rossiya Suriyada AQShning ehtimoliy hujumiga qarshi tayyorgarlik ko'rmoqda

Suriya hududlari ichidagi rus askarlari bo’lgan barcha harbiy bazalarda favqulodda trevoga boshlangan.

947411
Rossiya Suriyada AQShning ehtimoliy hujumiga qarshi tayyorgarlik ko'rmoqda

Rossiya shanba kuni Suriyaning Sharqiy Guta hududiga sodir etilgan kimyoviy hujumdan so’ng, AQSh tomonidan raketa hujumi yoki boshqa biron ehtimoliy vaziyatga qarshi Suriyada harbiy pozitsiyasini o’zgartirishga kirishdi.

Suriyada joylashgan Rossiyaga oid S-400 zenit-raketa mudofaa tizimi faol holatga keltirildi.

Ikki motorli MIG-31 harbiy samolyotlari 24 soat mobaynida havoda parvoz qila boshladi.

AQSh raketalari Beshar Asad rejimining 20 ta strategik hudud va harbiy bazasiga qaratib joylashtirilgani diqqat qaratmoqda.

Ushbu harbiy bazalarning ba’zilarida rus askari borligi haqida ma’lumotlar bor.
AQSh rus askarlari bo’lmagan hududlarni nishonga olishi mumkinligi aytilmoqda.
Suriya hududlari ichidagi rus askarlari bo’lgan barcha harbiy bazalarda favqulodda trevoga boshlangan.

Amerikaning ehtimoliy hujumiga qarshi AQSh dengiz flotiga oid harbiy kema va samolyotlarga qarshi o’q uzilishi ilgari surilmoqda.

AQSh Beshar Asadga oid harbiy zonalarni O’rta yer dengizidagi kemalardan turib nishonga olishi taxmin qilinmoqda.

AQSh bu shaklda Rossiya hamda Eronga javob berishi mumkinligi haqida turli izohlar aytilmoqda.

 



 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Rossiya , #hujum , #Suriya , #Beshar Asad rejimi

Aloqador xabarlar