Suriyada kimyoviy qurol bilan sodir qilingan hujumda 70 kishi halok bo'ldi

Yuzlab aholi zaharli gazdan zarar ko’rgan. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.

946663
Suriyada kimyoviy qurol bilan sodir qilingan hujumda 70 kishi halok bo'ldi
Doğu Guta.jpg

 

Suriyada Beshar Asad rejimi qamal ostida bo’lgan Sharqiy Guta hududiga zaharli gazdan iborat bo’lgan kimyoviy qurol bilan hujum qildi.

Kimyoviy hujum oqibatida 70 kishi halok bo’lgan.

Sharqiy Gutadagi ko'ngillilarning “Oq kaskalilar” guruhi tomonidan internetda tarqatilgan ma’lumotga ko’ra, Beshar Asad rejimi Sharqiy Gutada muxoliflar nazoratidagi Duma tumanida tinch aholi yashagan mahallalarga kimyoviy qurol bilan hujum qilgan. Yuzlab aholi zaharli gazdan zarar ko’rgan.

Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.

Juma kuni Dumaga takror hujumlarni kuchaytirgan rejim askarlari 19 mart kuni tarkibida xlor bo’lgan kimyoviy qurol bilan hujum qilgandi.

Qolaversa, Suriya inson huquqlari tashkiloti (SNHR) 4 aprel kuni e’lon qilgan hisobotida, Beshar Asad rejimi Suriyada ichki urush boshlangandan beri 214 marta, Xon Sheyhun qatliomidan keyin esa, 11 marta kimyoviy qurol bilan hujum qilganligini ma’lum qilgandi.

Rossiya kafolati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida yo’lga qo’yilgan kelishuv asosida 22 mart kuni Sharqiy Gutadan majburiy ko’chirishlar boshlangandi.

Sharqiy Gutaning Arbin, Zemelka va Ayn Terma mahallalaridan insonlar ko’chirilgandi. Duma hududi bo’yicha kelishuvga borilmagan edi.

Hududda harbiy muxolif guruhlaridan Jeyshul İslom va Rossiya o’rtasida muzokaralar davom etar ekan, 2 aprelda Dumadan tinch aholini xavfsiz hududga ko’chirish ishlari boshlangan edi.

Taxminan 5 ming atrofida tinch aholi Suriya shimoliga ya’ni muxoliflar nazoratida bo’lgan hududlarga ko’chirilgan edi.

Dumaga hujumlar qisman to’xtatilgan edi. Biroq, ikki kundan buyon hujumlar takror avj oldi.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, aviazarbalarning takror boshlanishiga sabab Dumaning sulh bitimi ta’minlangan hudud ro’yxatiga olinishini talab qilgan Jeyshul İslom bilan Rossiya o’rtasida kelishuv tuzilmaganligidadir.

Taxminan 7 km kvadrat maydonga ega bo’lgan Dumada xozirda 100 ming aholi qamal ostida kun kechirmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar