Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezidentlik guvohnomasini qabul qilib oldi

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova Vladimir Putinga Rossiya prezidenti guvohnomasini topshirdi.

943371
Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezidentlik guvohnomasini qabul qilib oldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezidentlik guvohnomasini qabul qilib oldi.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova Vladimir Putinga Rossiya prezidenti guvohnomasini topshirdi.

“Vladimir Vladimirovich, Sizni saylovlar, ishonchli halol g'alaba bilan tabriklamoqchiman va guvohnomani topshirmoqchiman”,-dedi Pamfilova Putin bilan uchrashuvda.

O'z navbatida Putin Markaziy saylov komissiyasiga mamlakat uchun muhim ish bajarilganligini aytib minnatdorlik bildirdi.

“Bu bizning tariximizdagi eng halol va eng shaffof saylovlardan biri edi”,-dedi Vladimir Putin.

Ma’lumki, 18 mart kuni mamlakatda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida Vladimir Putin 76.69% ovoz olib takror prezident etib saylangan edi.

Rasmiy natijalarga ko’ra, Putinga 56 mln 430 ming 712 nafar saylovchi ovoz berdi.

4-marta prezidentlik guvohnomasini qabul qilib olgan Putin bugun Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan Turkiya-Rossiya oliy darajali hamkorlik kengashi yig’ilishiga va Akkuyu atom elektrostansiyasining poydevorini qurish marosimiga qatnashish maqsadida Turkiyaga tashrif buyuradi.

 



Aloqador xabarlar