Arab ligasi Isroilning Falastinliklarga qarshi qilgan poymolarini muhokama qilish uchun yig’iladi.

Arab ligasi, Isroil ma’muriyati Falastinliklarga qarshi qilgan poymolarini muhokama qilish uchun ertaga ( Seshanba)kuni namoyandalar saviyasida yig’iladi.

942572

Arab Ligasi  Falastin ishlaridan mas’ul  Bosh kotib o’rinbosari Said Abu Ali tarqatgan yozma bayonotida, mazkur yig’ilish, Falastinning talabiga binoan va Saudiya Arabistonning boshchiligida amalga oshiriladi deb ma’lum qildi.
Abu Ali, yig’ilishda, Falastin tuproq kunining 42- yili munosabati bilan Juma kuni, “Buyuk qaytish yurishi” nomida  boshlagan tinchlik sevar namoyishlarda Isroil askarlarining   qilgan jinoyatlari bilan Falastin tuproqlarida  davom etgan  xavfli voqealar ham ko’rib  chiqiladi.

Arab Ligasi , sodir bo’lgan o’zgarishlar va  G’azo chegarasida 17 nafar Falastinlik o’ldirilgan voqealar yaqindan kuzatib borganlarini  bildirgan bayonotda,  xalqaro jamoatchilik, Isroilning bu poymollarini to’xtatish va bir  surishtirish komissiyasi tuzish mavzusida  o’z mas’uliyatini bajo keltirishga chaqirdi.

Tanlangan kalimalar: #Arab Ligasi , #Falastin , #Isroil , #Yig'iladi

Aloqador xabarlar