AQSh- Rossiya o'rtasidagi taranglik avj olgan vaziyatda...

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterres, AQSh- Rossiya o'rtasidagi taranglik avj olgan vaziyatda.

940815
AQSh- Rossiya o'rtasidagi taranglik avj olgan vaziyatda...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterres, Amerika qo'shma shtatlati (AQSh)- Rossiya o'rtasidagi taranglikdan qayg'uli bo'lganini izohladi.

Guterres, BMT markazida jurnalistlarning savollariga javob qaytarar ekan, Angliya bilan Rossiya o'rtasida agent mavzusida maydonga kelgan taranglikdan keyin AQShning ham 60 nafar Rus diplomatni o'lkadan chiqarish qarori berishi bilan yana ham taranglashgan AQSh-Rossiya aloqalari haqida mulohaza bildirdi.

Guterres, "Juda xavotirdaman, xuddi Sovuq Urush davridagi kabi bir jarayonga tomon yo'l olinmoqda" deb so'zladi.

Guterres, Sovuq Urush davrida ikki ulkan kuch kurashining guvohi bo'ldik, lekin hozirgi kunda ko'p sonda mustaqil aktyorning borligiga diqat qaratdi.

Shimoliy Koreya bilan Janubiy Koreya o'rtasida Aprel oyi o'tkazilishi rejalashtirilgan sammitdan mamnun ekanligini ifoda etgan Guterres, Koreya Yarim orolida yadro qurollanish mavzusida har ikki davlat o'rtasida muzokara e'htiyoji bo'lganini va "Tinchliksevar bir yechim uchun fursat" ekanligini qayd etdi.

Guterres, Shimoiy Koreya liredi Jong-un bilan Xitoy Davlat Rahbari Shi Jinpi bilan bo'lib o'tgan uchrashuvi haqida Xitoyning ham bu masalaga yechim topishga muhim ro'li bo'lishini bildirdi.



Aloqador xabarlar