Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada Qatar amiri bilan uchrashdi

Poytaxt Moskvadagi Kreml saroyida bo’lib o’tgan uchrashuvda o’zaro munosabatlar va Suriyadagi vaziyat muhokama qilindi.

938653
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada Qatar amiri bilan uchrashdi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani bilan uchrashdi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, poytaxt Moskvadagi Kreml saroyida bo’lib o’tgan uchrashuvda, o’zaro munosabatlar va Suriyadagi vaziyat muhokama qilindi.

Rossiya va Qatar o’rtasida diplomatik munosabatlarga 30 yil to’lganligini eslatgan Putin uchrashuvda ikki davlat o’rtasida davom etayotgan tijoriy hamkorlikdan mamnun ekanligini tilga oldi.

Al Sani ham Rossiya arab dunyosida muhim o’ringa ega ekanligini tilga olib, “Ba’zi davlatlarning boshidan o’tkazayotgan muammolarni hal qilishda Rossiya katta ro’l o’ynaganligini aytmoqchiman”,-dedi.

Uchrashuv yakunida, Rossiyaga tegishli Rosneft va Qatarning ta’lim, bilim, jamiyat va ijtimoiy taraqqiyot tashkiloti o’rtasida ta’lim sohasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

 



Aloqador xabarlar