AQShda qurol-yaroq savdosiga qarshi keng ko’lamli namoyish uyushtirildi

Amerika Qo’shma Shtatlarining turli shaharlarida yuz minglab inson qurol-yaroq savdosiga qarshi uyushtirilgan namoyishda ishtirok etdi.

937073
AQShda qurol-yaroq savdosiga qarshi keng ko’lamli namoyish uyushtirildi

Amerika Qo’shma Shtatlarining turli shaharlarida yuz minglab inson qurol-yaroq savdosiga qarshi uyushtirilgan namoyishda ishtirok etdi.

Mazkur namoyish ishtirokchilari AQSh Prezidenti Donald Trump boshqaruvi va AQSh kongressidan “qurollar ustidan nazoratni kuchaytirilish” masalasini huquqiy jihatdan tartibga solishni talab qildi.

Shuningdek namoyishchilar AQSh Milliy o’qchilar assotsiatsiyasiga qarshi shiorlar aytar ekan shu bilan birga Floridadagi maktabda yuz bergan qurolli hujum qurbonlarini ham yodga oldi.

Namoyishchilar politsiya xodimlari tomonidan ko’rsatilgan yo’lda o’z namoyishlarini tamomlar ekan ko’p o’tmay Oq uy vakili tomonidan ushbu namoyishni qo’llab-quvvatlagan bayonot berildi.

Mazkur bayonotda,

“Jasur amerikalik yoshlarning o’z konstitutsion huquqlaridan foydalangan holda namoyish o’tkazishini olqishlaymiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

AQSh Prezidenti Donald Trump uchun bolalarning xavfsizligining muhim ekanligi ta’kidlangan bayonotda shuningdek, Trumpning Kongressni, namoyishchilar talab qilgan huquqiy tartib masalasini ko’rib chiqishga undaganligi ham ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar