Suriyada Beshar Asad rejimi Sharqiy Gutaga hujum qildi

Rejim kuchlariga tegishli harbiy samolyotlar Arbin va Zamelka dahalarini bombardimon qildi.

935504
Suriyada Beshar Asad rejimi Sharqiy Gutaga hujum qildi

Suriyada Beshar Asad rejimi Sharqiy Gutaga hujum qildi.

Hujumda 19 kishi halok bo’ldi.

Rejim kuchlariga tegishli harbiy samolyotlar Arbin va Zamelka dahalarini bombardimon qildi.

Ketma-ket sodir etilgan hujumlar tufayli jasadlarni topish va yaradorlarni olib chiqishning imkoni yo'q.

Qamal ostida bo’lgan Sharqiy Gutada 3 kun ichida halok bo’lganlar soni 100dan oshdi.

O’tgan oydan beri 1500 kishi halok bo’ldi.

Minglab aholi Sharqiy Gutadan qochish yo’llarini qidirmoqda.

Tirik qolishga muvaffaq bo’lgan insonlar esa, qo’rquvdan yerto’lalardan juda kam chiqmoqda.

Portlash ovozlari to’xtagach, aholi yegulik qidirish uchungina tashqariga chiqmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Sharqiy Guta , #Beshar Asad rejimi

Aloqador xabarlar