Yamanda bosh vazir o’rinbosari Abdulaziz Jebariy o’z vazifasidan iste’fo etdi

Ma’lumotga ko’ra, mamlakat prezidenti Abdurabbi Mansur Hadi dastlab uning iste’fosini qabul qilmagan, Abdulaziz Jebariyni iste’fodan voz kechirishga harakat qilgan, biroq Jebariy qaroridan voz kechmagan.

934393
Yamanda bosh vazir o’rinbosari Abdulaziz Jebariy o’z vazifasidan iste’fo etdi

Yamanda bosh vazir o’rinbosari Abdulaziz Jebariy va davlat vaziri Salah as-Sayyadi o’z vazifasidan iste’fo etdi.

“Lavozimdan iste’fo etganimni rasman e’lon qilaman. Buning sababini xozircha ayta olmayman. Keyinroq ma’lum qilaman”,-deb yozadi Sayyadi Facebookdagi sahifasida.

Hukumatga yaqin manbalarning yozishicha, bosh vazir o’rinbosari Abdulaziz Jebariyning Saudiya Arabistoni poytaxti Riyodda kecha Yaman prezidentining o’rinbosari Ali Muhsin al-Ahmar va bosh vazir Ahmed bin Dag’r ishtirokidagi majlisda lavozimdan iste’fo etganini ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, mamlakat prezidenti Abdurabbi Mansur Hadi dastlab uning iste’fosini qabul qilmagan, Abdulaziz Jebariyni iste’fodan voz kechirishga harakat qilgan, biroq Jebariy qaroridan voz kechmagan.

Bosh vazir o’rinbosari Abdulaziz Jebariy va davlat vaziri Salah as-Sayyadi kecha Saudiya Arabistonida faoliyat ko’rsatgan Yamanga tegishli telekanalda o’z vazifasidan iste’fo etganligini ma’lum qilgandi.

Ayni paytda, mamlakat prezidenti Abdurabbi Mansur Hadining maslahatchisi bo’lgan Jebariy bu vazifasini davom ettiradi.

 

 

 



Aloqador xabarlar