Pokistonning Panjop viloyatida terrorchilik harakati sodir bo'ldi

Hujumda 8 kishi halok bo’ldi, bulardan 5 nafari politsiya xodimi.

930474
Pokistonning Panjop viloyatida terrorchilik harakati sodir bo'ldi

Pokistonning Panjop viloyatiga qarashli Lahor shahrida politsiya nazorat punktiga qarshi xudkushlik hujumi sodir etildi.

Hujumda 8 kishi halok bo’ldi, bulardan 5 nafari politsiya xodimi.

Panjop sog’liqni saqlash vaziri Salmon Refik voqeada 20 kishi jarohatlanganligini ma’lum qildi.

Bombani yo’q qilish bo’yicha mutahassislar voqea joyida tekshiruv olib bordi.

Voqea yuzasidan tergov operatsiyasi olib borilmoqda.

Viloyat bosh vaziri Shahboz Sharif hujumni qoraladi.

U yaradorlarni davolash uchun davlatning butun imkoniyatlarini safarbar qilish to’g’risida buyruq berdi.

Xavfsizlik boshqarmasi rahbari Orif Navaz Xon voqeadan so’ng, politsiya kuchlari trevoga boshlatganligini va hududda xavfsizlik nazorati kuchaytirilganligini ma’lum qildi.

Mahalliy hukumat vakillari agar hujumni sodir qilgan terrorist olomon ichida o’zini portlatganda edi, yana ham ko’proq inson halok bo’lishi mumkinligiga diqqat qaratmoqda.

Hujumning kimlar tomonidan rejalanganligi va sodir etilgani haqida batafsil ma’lumot yo’q.

 



Aloqador xabarlar