Belgiyada saraton kasalligiga chalingan bemorlar “nogiron” deb hisoblanadi

Belgiyada saraton kasalligiga chalingan Maaike ismli ayolning huquqiy kurashi o'z natijasini berdi.

928454
Belgiyada saraton kasalligiga chalingan bemorlar “nogiron” deb hisoblanadi

Belgiyada saraton kasalligiga chalingan bemorlar “nogiron” deb hisoblanadi va davlat tomonidan nogironlarga berilgan barcha haq va huquqlardan to’la foydalana oladilar.

De Standaard gazetasida berilgan xabarga ko’ra, 2012 yilda saraton (rak) kasalligi tashhisi qo’yilgan Maaike ismli ayol 6 oy davom etgan kemoterapiya muolajasi va 1 yarim yil davom etgan rehabilitatsiya jarayonidan so’ng, ishiga qaytmoqchi bo’ldi, biroq bu talabi qabul qilinmadi.

U kasallikka chalinmasdan oldin bir savdo do’konida mehnat qilardi.

Maaike nodavlat tashkilotlari va ishchi uyushmalarining qo’llab quvvatlovi bilan sudga murojaat qildi.

Belgiya mehnat sudi davogarning saraton kasalligiga chalinganligi tufayli nogiron ahvolda qolganligi va ishiga qaytishi to’g’risida hukm chiqardi.

Sud bundan tashqari, davogar ayolga 12500 evro kompensatsiya to’lanishiga qaror berdi.

Yevropa adolat devonining fikriga tayangan sud qarori Belgiya tarixida birinchi bo’lib hisoblanadi.

Bundan keyin bu kabi holatlarda namuna tashkil qiladigan qaror Belgiyada saratonga qarshi davolanayotgan bemorlar kasallikning doimiy ta’sirlari tufayli nogiron deb hisoblanishiga zamin yaratdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Belgiya , #sud , #davogar , #De Standaard , #saraton , #rak

Aloqador xabarlar