Londonda bo’lginchi terror tashkiloti PYD/PKK  tarafdorlari poyezd stansiyasi ishg’ol etdi

Angliyaning poytaxti London bilan Manchesterda, bo’lginchi terror tashkiloti PYD/PKK  tarafdorlari poyezd stansiyasini ishg’ol etdi.

927542
Londonda  bo’lginchi terror tashkiloti PYD/PKK  tarafdorlari poyezd stansiyasi  ishg’ol etdi

Angliyaning poytaxti London bilan Manchesterda, bo’lginchi terror tashkiloti PYD/PKK  tarafdorlari poyezd stansiyasini ishg’ol etdi.

Turkiyaga qarshi shoiralar berib qo’llarida terror tashkiloti to’da boshchisi Abdulloh O’jalanga  oid portretlari bo’lgan PYD/ PKK tarafdorlari, London va Manchesterda  hayotning oqishiga ziyon  yetkazdi.

Ingliz politsiya xodimlarining  ogohlantirishlariga qaramasdan tarafdorlar, Lodonda Kings Cross va Manchesterda Piccadilly poyezd stansiyalarini ishg’ol  etdi.

PYD/PKK  tarafdorlari, qo’llarida bo’lginchi terror tashkilotining  ramzi bo’lgan  mato parchalari bilan Turkiya va Suriyaning Afrin hududida davom etgan Zaytun novdasi harbiy operatsiyasini  tanqid qilgan  plakat tashidi.

Xavfsizlik kuchlarining  ogohlantiruvini  e’tiborga olmagan terror tashkiloti tarafdorlari, bolalari bilan sayohat qilayotgan oilalarning  qo’rqib hududdan  tezda uzoqlashib ketishiga sabab bo’ldi.

Poyezd stansiyalarini ishg’ol etgani tufayli yo’l harakat soatlar bo’yi kechikib davom etdi.

Manchesterdada Piccadilly poyezd stansiya, taxmini 3 soat yopilgandan keyin mahalliy soat bilan 16.00da yangidan xizmatga ochiladi.

Ingliz transport  bo’yicha politsiya xodimi Mark Cleland, mavzu bilan aloqali bergan   izohida  “ hodisaga ishtirok etganlar og’ir tadqiqot va  nazoratga olinib sudga tortiladi.

 



Aloqador xabarlar