NATO va Qatar o'rtasida harbiy shartnoma imzolandi

Ushbu shartnoma asosida nafaqat Afg’onistonda, balki mintaqadagi NATO missiyasi va operatsiyalariga hissa qo’shish ko’zda tutilgan.

925192
NATO va Qatar o'rtasida harbiy shartnoma imzolandi

NATO va Qatar ittifoq tarkibidagi kuchlarning Qatar hududlaridan tranzit sifatida foydalanishi va "Al Udeid" harbiy bazasiga kirishini ta’minlaydigan harbiy shartnomaga imzo qo’ydi.

Belgiya poytaxti Brusselda NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg va Qatar amiri shayh Temim bin Hamad Al Sani o’rtasida bo’lib o’tgan o’zaro uchrashuvdan so’ng NATO yozma izoh bildirdi.

Izohga ko'ra, uchrashuvda NATO va Qatar o’rtasidagi sheriklik va ko’rfaz mintaqasidagi xavfsizlik vaziyati muhokama qilindi.

Shuningdek, NATO kuchlari va harbiy xodimlari Qatar hududidan tranzit sifatida foydalanishi va "Al Udeid" harbiy bazasiga kirish imkoniyatini ta’minlovchi shartnomaga imzo qo’yilganligi ma’lum qilindi.

Ushbu shartnoma asosida nafaqat Afg’onistonda, balki mintaqadagi NATO missiyasi va operatsiyalariga hissa qo’shish ko’zda tutilgan.

NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg bu shartnomani mamnuniyat bilan kutib oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Qatar , #harbiy shartnoma

Aloqador xabarlar