DAISh yetakchisi Al-Bog’dodiyning singlisi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

“DAISh yetakchisi Abubakir Al-Bog’dodiyning singlisi Iroq jazo sudi tomonidan umirbod qamoq jazosiga mahkum etildi”,-deyiladi bayonotda.

925583
DAISh yetakchisi Al-Bog’dodiyning singlisi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Iroq markaziy jazo sudi terror tashkiloti DAISh yetakchisi Abubakir Al-Bog’dodiyning singlisini umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi.

Abubakir Al-Bog’dodiyning singlisi terrorizmni qo’llab quvvatlaganlikda ayblanmoqda.

Iroq Oliy sudi kotibi Abdusattor Bayraktar bu haqda bayonot berdi.

“DAISh yetakchisi Abubakir Al-Bog’dodiyning singlisi Iroq jazo sudi tomonidan umirbod qamoq jazosiga mahkum etildi”,-deyiladi bayonotda.

Bag’dodiyning singlisi tergov jarayonida terror tashkilotiga logistika jihatdan yordam berganligini va  Mo’suldagi terroristlarga pul tarqatganligini e’tirof etgan.

Uning turmush o’rtog’i ham terror tashkilotining oliy darajali vakillaridan biri ekanligi va uning o’lim jazosiga mahkum qilinganligi qayd etildi.



Aloqador xabarlar