Afg'onistonning Jalalobod viloyatida terrorchilik harakati sodir bo'ldi

Xudkush terrorist viloyat markazida Avkof vaqfi mudiri Muhammad Zohir Haqqoniyning mashinasiga yaqinlashgan holda yonidagi bombani portlatib yuborgan.

924878
Afg'onistonning Jalalobod viloyatida terrorchilik harakati sodir bo'ldi

Afg'onistonning Jalalobod viloyatida xudkush terrorist hujum sodir qildi.

Hujumda 3 kishi halok bo'ldi.

Nangarhar hokimligi kotibi Ataulloh Hogyani ma'lum qilishicha, xudkush terrorist viloyat markazida Avkof vaqfi mudiri Muhammad Zohir Haqqoniyning mashinasiga yaqinlashgan holda yonidagi bombani portlatib yuborgan.

Hujumda Haqqoniy va uning haydovchisi bilan yana bir kishi halok bo'lgan.

Voqeada 16 kishi yaralangan. 

Hujumning orqasida kimlarning qo'li borligi ma'lum emas.

Voqea yuzasidan tergov ishlari boshlandi.



Aloqador xabarlar