Xitoy va Pokiston terrorizmga qarshi kurash bo’yicha hamkorlikni oshirmoqchi...

Xitoy Pokistonni har qanday sharoitda ham o’zining eng kuchli strategik hamkori deb biladi.

920151
Xitoy va Pokiston terrorizmga qarshi kurash bo’yicha hamkorlikni oshirmoqchi...

Xitoy bilan Pokiston terrorizmga qarshi kurash bo’yicha hamkorlikni oshirmoqchi.

Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Pokiston terrorizmga homiylik qilayotgan tashqi kuchlarni oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlari bilan katta fidokorlik qildi va terrorizmga qarshi kurashga o’z hissasini qo’shdi”,-deyiladi bayonotda.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi kotibi Lu Kang xalqaro hamjamiyatni buni ob’yektiv va haqqoniy mulohaza qilishga chaqirdi.

Xitoy Pokistonni har qanday sharoitda ham o’zining eng kuchli strategik hamkori deb biladi.

Shu sababli ushbu davlat bilan terrorizmga qarshi kurash bo’yicha yaqindan hamkorlik qilishni davom ettiradi.

 



Aloqador xabarlar