Suriyada o’q uzishni to’xtatishni talab qilgan rezolyutsiya yana keyingiga qoldirildi

BMTXK, Suriya rejimi bilan Rossiyaning bombardimoni ostidagi Sharqiy Gutada tinchlik o’rnatish niyatida yig’ilish o’tkazdi.

917212
Suriyada o’q uzishni to’xtatishni talab qilgan rezolyutsiya yana keyingiga qoldirildi

Xalqaro hamjamiyat, Suriyaning Sharqiy Guta mintaqasida o’q uzishni to’xtatish masalasida yana bir bor muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Rossiyaning taklifiga binoan yig’ilish o’tkazgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashida Shvetsiya va Quvayt tomonidan taqdim etilgan shu haqidagi rezolyutsiya, shu bilan uchinchi marotaba keyingiga qoldirildi.

BMTXK, Suriya rejimi bilan Rossiyaning bombardimoni ostidagi Sharqiy Gutada tinchlik o’rnatish niyatida yig’ilish o’tkazdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura Sharqiy Gutada tezlik bilan o’z uzishning to’xtatilishi kerakligi haqidagi undovini takrorladi. 

Rezolyutsiyada rejimning bombardimoni ostidagi Sharqiy Gutaga gumanitar yordamning yetkazib berilishi, tezlik bilan tibbiy yordamga ehtiyoji bo’lgan 700 kishining evakuatsiya qilinishi talab qilinayotgan edi.

Sharqiy Gutadagi 400 ming insonga oziq-ovqat va tibbiy yordam yetkazib berila olinishi uchun 30 kun o’q uzilmasligi rejalashtirilayotgan edi.

Lekin Rossiya mazkur rezolyutsiyada, Suriya rejimini himoya qilgan biron-bir modda o’rin olmagani uchun loyihani qabul qilmoqchi emasligini takrorlagan edi.

Bugun Turkiya vaqti bilan soat 20:00 da yana bir bor yig’ilish o’tkazadigan kengash qaror qabul qilishga harakat qiladi.

Yakshanba kundan beri 400 dan ortiq tinch aholining umriga zomin bo’lgan Sharqiy Gutada rejim va Rossiyaning bombardimoni davom etmoqda.

Amerika Qo’shma Shtatlarining BMT Doimiy vakili Nikki Haley o’zining twitter hisobidan bergan bayonotida, ovozga qo’yish borasida Rossiyani ayblagan holda, “Xavfsizlik kengashi ovozga qoyish uchun kelishib olgunga qadar yana necha kishi jon beradi? Suriya xalqi buni kutolmaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.

BMTXKda bir rezolyutsiyaning qabul qilinishi uchun 15 a’zodan kamida 9 nafari ijobiy ovoz berishi va doimiy a’zolardan AQSh, Rossiya, Xitoy, Angliya va Fransiyadan birining veto huquqidan foydalanmagan bo’lishi darkor.



Aloqador xabarlar