Somalidagi terakt, 20 kishining umriga zomin bo’ldi

Somali poytaxti Mogadishuda bomba yuklangan mashinalar orqali uyushtirilgan ikkita hujumda 21 kishi jon berdi, 20 kishi esa tan jarohati oldi.

917224
Somalidagi terakt, 20 kishining umriga zomin bo’ldi

Somali poytaxti Mogadishuda bomba yuklangan mashinalar orqali uyushtirilgan ikkita hujumda 21 kishi jon berdi, 20 kishi esa tan jarohati oldi.

Jon berganlar sonining ortishidan tashvishlanilmoqda.

Mahalliy rasmiylar, Mogadishudagi birinchi hujumning, Somali Milliy razvedka servisi binosiga yaqin nuqtada, yangi ochilgan mehmonxonaning oldida; ikkinchisining esa prezidentlik saroyiga yaqin manzilda, bir xavfsizlik nazorat nuqtasida uyushtirilganligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga xavfsizlik xodimlari, prezidentlik saroyini nishonga olgan yana ikkita hujumga ham monelik qilinganligini, politsiya uniformasi kiygan 5 terroristning o’ldirilganligini qayd etdi.

Ash-Shab terror tashkiloti, tashkilotning ommaviy axborot vositalari orqali hujumlarni o’z bo’yniga olganligini e’lon qildi.

Aytib o’tish joizki Turkiya Mogadishuda ko’pchilikning umriga va sog’ligiga zomin bo’lgan teraktni keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, “Somalida barqarorlikni nishonga olgan teraktlar oldida, Turkiya qardosh Somali xalqi va hukumati bilan kuchli ravishda bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarishni davom ettiradi” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar