Sharqiy Gutadagi insoni fojia qayg’ulantirmoqda.

Birlashgan millatlar ( BMT) inson huquqlari oliy komissari Zayd Raad al Huseyin, Suriyada Bashshar Asad rejimi qurshov ostiga olgan Sharqiy Gutaga 4- fevraldan beri  uyushtirilgan hujumlar natijasida  346  begunoh inson qurbon bo’ldi deb qay etdi.

915575
Sharqiy Gutadagi insoni fojia qayg’ulantirmoqda.

Sharqiy Gutadagi insoni fojia qayg’ulantirmoqda.

Birlashgan millatlar ( BMT) inson huquqlari oliy komissari Zayd Raad al Huseyin, Suriyada Bashshar Asad rejimi qurshov ostiga olgan Sharqiy Gutaga 4- fevraldan beri  uyushtirilgan hujumlar natijasida  346  begunoh inson qurbon bo’ldi deb qay etdi.

Hujumda 878 tinch aholi ham yaralanganini   hujjatga olganlarini ma’lum qilgan Huseyin, shoshlinch ravishda sulhga chaqirdi.

Huseyin tarqatgan yozma bayonotida, Sharqiy Gutada yuzlab tinch aholi oxirgi 5 yildir” eng asosiy gumanitar ehtiyojlardan mahrum” va “shafqatsiz bombardimon” ostida qamalib qolganlar deb ta’kidladi.

Faqatgina dushanba  kuni 13 soatda 92 nafar  tinch aholi halok bo’lganini aytgan  Huseyin, Asad rejimi va ittifoqdoshlari 4- fevraldan beri jadal  hujumga o’tgan Sharqiy Gutada bir buhronga ishora qilib, qurbon va yarador sonini ma’lum  qilingandan  yana  ham ko’ p bo’lishi borasida ogohlantirdi.

Huseyin, Asad rejimi va himoyachilarini shoshlinch sulhga chaqirdi, kasal va yaradorlarni  zudlikda  evakuatsiya qilishga chaqirildi deb ta’kidlandi.

Sharqiy Gutadagi inson haqlari poymolining  ko’pchiligi urush jinoyati bo’la oladi degan Huseyin, Xalqaro hamjamiyat ushbu poymollarning  javobgarlarining  hisob  berishi uchun  sa’y- harakat qilishga chaqirdi.

Buning bilan bir qatorda, Rossiya Birlashgan millatlar  tashkiloti( BMT) domiy vakili Vasiliy Nebenzya, xavfsizlik kengashiga, Suriyaning poytaxti Damashqnimng  qirg’og’ida sharqiy Guta hududidagi vaziyatni   muzokara  qilish uchun yig’ilishga chaqirdi.

Nebenzya, BMT Xavfsizlik kengashida xavfsizlikni  ta’min etish   mavzuli  majlisida bergan bayonotda, ham bosh kotib Antoni Guterres ham kengash a’zolari Shariy Guta mavzusidagi qayg’ularini tilga olganini aytdi.

Nebenzya, “ Sharqiy Gutadagi vaziyatni baholash uchun rahbariyatdan, Xavfsizlik kengashini yig’ishmoqchimiz” dedi.

Rus  vakil, ushbu qadam bilan  barcha tomonlar  o’z nazariyalarini taqdim etishi va yechim takliflarini  ma’lum qilishi kerak deb qayd etdi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Guta , #fojia , #BMT , #Qurbon

Aloqador xabarlar