Isroil hukumati, Al Quds va Golan Tepaliklarida yashaganlarni chetlamoqchi...

Isroil hukumati, Al Quds va Golanda "Isroilga qashi faoliyat" olib borgani uchun o'lkadan chiqarilishini nazarda tutgan qonun loyihasini tasdiqladi.

914005
Isroil hukumati, Al Quds va Golan Tepaliklarida yashaganlarni chetlamoqchi...

Isroil hukumati, Shaqiy Al Quds va Golan Tepeliklarida propiska bilan yashaganlarning "Isroilga qashi faoliyat" olib borgani uchun o'lkadan chiqarilishini nazarda tutgan qonun loyihasini tasdiqladi.

Isroil hukumati qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan qaror, Sharqiy Al Quds va Golan Tepaliklarida yashagan Falastinlik va Suriyaliklarning, "Isroilga qarshi faoliyat va Isroilga qarshi sadoqatsizligi" tufayli propiskalatini bekor qilish, o'zlarini esa vatanlaridan chiqarilishiga eshik ochmoqda.

Qonun loyihasining kuchga kirishi uchun Isroil parlamenti Knesset tomonidan ham tasdiqlanishi kerak.

Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) Markaz Boshqaruv Mommiteti a'zosi Salih Rafet, bergan bayonotida, qonun loyihasini Isroilning "Irqchi siyosatining davomi" deb baholadi.

Rafet, "Isroil hukumati, "AQShning dastagi bilan xalqaro qonunlar va insoniy qadriyatlar o'rniga irqchi qonunlar bilan Falastin da'vosini chetlab, insonlarning, uylarini, tuproqlarini olish uchun harakat qilmoqda" deb ifoda etdi.

Isroil Ichki ishlar vazirligining Falastin parlamentining Sharqiy Al Qudsda 4 nafar deputatning, "Hamas bilan aloqasi bor" deb bekor qilgan qarori, Isroil Oliy Mahkamasi tomonidan Sentyabr oyi rad etilgan edi. Mahkama, Ichki ishlar vazirligi qarorining o'zgarishi uchun qonunga yangilik kiritish kerakliga hukum qilgan edi. Ichki ishlar vazirligi mahkama qaroriga ko'ra yangi qonuyn loyihasini tayyorlashga o'tgani bilinmoqda.

Falastin boshqaruvining xabar qilishicha, Isroil 1967-yildan ishg'ol etgandan beri 14 ming 500 Falastinlikning Sharqiy Al Qudsdagi propiskasini bekor qildi.



Aloqador xabarlar