Eron poytaxti Tehrondan parvoz qilgan yo’lovchi samolyoti qulab tushdi

Eron davlat televideniyesida ma’lum qilinishicha, samolyot bortida bo’lgan 66 yo’lovchining barchasi halok bo’lgan.

912736
Eron poytaxti Tehrondan parvoz qilgan yo’lovchi samolyoti qulab tushdi

Eronning poytaxti Tehrondan parvoz qilgan yo’lovchi samolyoti Isfaxon viloyati hududida qulab tushgan.

Bu haqda ISNA xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Tehrondan Yasuj shahriga uchgan yo’lovchi samolyoti parvozdan 20 daqiqa o’tgach, Isfaxon viloyatiga yaqin Padena tog’iga qulab tushgan.

Eron davlat televideniyesida ma’lum qilinishicha, samolyot bortida bo’lgan 66 yo’lovchining barchasi halok bo’lgan.

Aviakompaniya direktori televideniyeda fojia haqida ma’lumot berar ekan, 66 yo’lovchining halok bo’lganligini tasdiqladi.

Tog’liq hudud bo’lgani va ob-havoning noqulayligi tufayli qutqaruvchilarning voqea joyiga yetib borishi oson emasligi aytilmoqda.

Eron qizil yârim oy jamiyati qutqaruvchilari hududga jo’nab ketgan.

Halokatga uchragan samolyotning “Aseman Airlines” aviakompaniyasiga tegishli ART 72-500 rusumli yo’lovchi samolyoti ekanligi xabar qilinmoqda.

Fojianing kelib chiqish sabablari xozircha ma’lum emas.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Tehron , #samolyot , #fojia , #halokat

Aloqador xabarlar