Turkiya, Rajuning g'arbidagi xavfsiz joy bilan Shayh Hadiddagi xavfsiz hudud yaratdi

TQK va Erkin Suriya qo'shini, Afrinda Karri, Sherbanli, Shedya va Durakli qishloqlarini terror tashkilotidan tozaladi.

911258
Turkiya, Rajuning g'arbidagi xavfsiz joy bilan Shayh Hadiddagi xavfsiz hudud yaratdi

Turkiya qurolli kuchlarining Afrinda olib borayotgan harbiy amaliyotida yo'q qilingan terroristlar soni 1528 nafarga yetdi.

Bu haqda harbiy bosh shtabi bayonot berdi.

""Zaytun novdasi" harbiy amaliyoti doirasida bugun quruqlik va havo operatsiyalari natijasida terror tashkilotlari PKK, KJK, PYD, YPG va DAISh safida jang qilgan jami 43 terrorist yo'q qilindi",-deyiladi bayonotda.

Ma'lumki, Turkiya qurolli kuchlarining Afrindagi harbiy amaliyotlari 20 yanvar kuni boshlandi.

Harbiy amaliyotlar boshlangan kundan e'tiboran, 1528 terrorist yo'q qilindi.

Boshqa tomondan, TQK va Erkin Suriya qo'shini, Afrinda Karri, Sherbanli, Shedya va Durakli qishloqlarini terror tashkilotidan tozaladi.

Shunday qilib, Turkiya chegarasi bo'ylab, Rajuning g'arbidagi xavfsiz joy bilan Shayh Hadiddagi xavfsiz hudud birlashtirildi.

TQK va operatsiyalarni qo'llab-quvvatlagan ESQ, operatsiyaning boshidan beri PYD/PKK ishg'ol qilgan Afrinda 40 ta qishloq, 3 ta dala va aholi punkti bilan 14 ta strategik tog' yoki tepalik bo'lib jami 58 joyni terror tashkilotidan qutqargan bo'ldi.



Aloqador xabarlar