Pentagon bo’lginchi terror tashkiloti PPK/KJK/ PYD- YPGga yorim milliard dollar budjet ajratdi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Mudofaa vazirligi ( Pentagon), bo’lginchi terror tashkiloti PPK/KJK/ PYD- YPGga bu yil mobaynida yorim milliard dollar budjet ajratdi.

909307
Pentagon bo’lginchi terror tashkiloti PPK/KJK/ PYD- YPGga yorim milliard dollar budjet ajratdi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Mudofaa vazirligi ( Pentagon), bo’lginchi terror tashkiloti PPK/KJK/ PYD- YPGga bu yil mobaynida yorim milliard dollar budjet ajratdi.

Pentagon tomonidan  tayyorlangan Suriya hisobotiga ko’ra, AQShning tashkilotga ajratgan budjet 70 million dollardan ziyod.

Terror tashkilotiga beriladigan  transport vositalari, havon to’p, anti tank raketalar  va avtomat qurollar joy olgan keng ko’lamli  ro’yxat uchun 433 million dollar ajratdi.

Hisobotda, bir donasining  qiymati 17 ming dollar bo’lgan og’ir avtomat qurollardan 3 ming 500ta sotib olinadi deb ma’lum qilar ekan, 3 ming 500 dollar tannarxli PKM nomli miltiqlarga 20 million dollar ajratgani ko’rilmoqda.

Qolgan taxminan 67 million dollarlik budjet esa terroristning salomatlik va transport xarajatlari uchun  ajratilgan.

Vashington, terror tashkiloti faqatgina qurol bermaydi, terroristlarning  sonini ham  orttirmoqda.

25 ming bo’lgan terrorist soni, yil oxirida 30 minga boradi deb hisobotda joy olmoqda.

Boshqa tomondan, Pentagon, 2019- yili tayyorlangan budjet loyihasida DEAShga  qarshi kurash doirasida, bo’lginchi terror tashkiloti PYD/PKKni  harbiy ta’lim uchun 300 million, “ DEAShga qarshi missiya borasida xavfsizlik ehtiyojlari” uchun ham 250 million dollar bo’lib jami 550 million dollar ajratildi.

AQSh yetakchiligidagi koalitsiya oldindan  30 ming kishidan tashkil topgan chegara xavfsizlik kuch  deb e’lon qilgan faqat keyinchalik “ ichki xavfsizlik va barqarorlik kuchi” sifatida baholagan terror qo’shini uchun ham mablag’ ajratishlari  diqqatlarni  o’ziga qaratmoqda.

 



Aloqador xabarlar