Iroq hukumati mamlakatdagi AQSh askarlari sonini kamaytirmoqchi...

“AQSh kuchlari Iroqqa kelib DAIShga qarshi kurashda ko’mak berishi sobiq hukumatning (Nuri al-Maliki) talabi edi",-deydi Iroq bosh vaziri Haydar al-Ibadiy.

905261
Iroq hukumati mamlakatdagi AQSh askarlari sonini kamaytirmoqchi...

Iroq bosh vaziri Haydar al-Ibadiy mamlakatda terror tashkiloti DAISh ustidan g’alaba qozonilgach, koalitsiya askarlari sonini bosqichma-bosqich kamaytirish rejalashtirilganligini ma’lum qildi.

“AQSh kuchlari Iroqqa kelib DAIShga qarshi kurashda ko’mak berishi sobiq hukumatning (Nuri al-Maliki) talabi edi. Biz buni kengaytirib, xalqaro koalitsiyaga aylantirdik. Koalitsiya kuchlari Iroqda DAIShni bartaraf etdi. Shu sababli ular Iroqdan asta-sekin chekina boshlashi kerak yoki ularning sonini kamaytirish zarur”,-dedi Iroq bosh vaziri Haydar al-Ibadiy.

“DAIShni mag’lub etdik, biroq Iroq-Suriya chegarasini qanchalik qo’riqlashimizga qaramay, bizga qarshi tahdidlar davom etmoqda. Terroristlarning harakatini havodan kuzatish uchun xalqaro kuchlarning yordamiga ehtiyoj bor”,-deydi u.

Uning aytishicha, kelgusi hafta Quvaytda Iroqni qayta tiklash masalasiga bag’ishlangan konferensiya bo’lib o’tadi.

Shuningdek, Iroq davlati Turkiya, Eron, Quvayt, Iordaniya, Misr va boshqa davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirmoqchi.

Qolaversa, Iroqda shiyalardan iborat “Iroq Hizbullohi” nomli radikal guruh kotibi Jafer al-Husayni: “Iroqdagi AQSh askarlariga qarshi urush yaqinda boshlanishi mumkin. Bu safar hech bir o’rtamchi amerikaliklarning ishiga yaramaydi”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #DAISh , #Haydar al-Ibadiy , #AQSh kuchlari

Aloqador xabarlar