Eymen As-Safedi:"Iroqning xavfsizligi mintaqa barqarorligi uchun tayanchdir"

Iordaniya tashqi ishlar vaziri Eymen As-Safedi poytaxt Omanda BMTning Iroqdan mas’ul vakili Jan Kubis bilan uchrashdi.

904606
Eymen As-Safedi:"Iroqning xavfsizligi mintaqa barqarorligi uchun tayanchdir"

Iordaniya tashqi ishlar vaziri Eymen As-Safedi poytaxt Omanda BMTning Iroqdan mas’ul vakili Jan Kubis bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Iroqning barqarorligi va mintaqa davlatlaridagi mavjud muammolar haqida fikr almashildi.

Suhbat chog’ida Iordaniya tashqi ishlar vaziri Eymen As-Safedi Iroqning xavfsizligi mintaqa barqarorligi uchun tayanch ekanligini ma’lum qildi.

Iroq DAISh terror tashkilotini tor-mor qilganligiga e’tibor qaratgan Eymen As-Safedi: “Xalqaro hamjamiyat mamlakatni qaytatdan tiklash va obodonlashtirish jarayonida Iroqni qo’llab quvvatlamadi. Aslida, Iroqning xavfsizligi mintaqa barqarorligi uchun asosiy tayanchdir”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, osuda va barqaror bir vatanda barcha fuqarolarining haq-huquqini kafolat ostiga olishga harakat qilayotgan Iroq hukumatini qo’llab quvvatlash bir majburiyatdir.

 


Tanlangan kalimalar: #Iordaniya , #Iroq , #Eymen As-Safedi , #DAISh , #BMT

Aloqador xabarlar