AQSh Qatardagi harbiy bazasini kengaytirib, doimiy bazaga aylantirmoqchi...

Qatar poytaxti Dohaning 30 km janubi g’arbida joylashgan “Al-Ubeyd” harbiy bazasida AQShning 11 ming askari mavjud.

900004
AQSh Qatardagi harbiy bazasini kengaytirib, doimiy bazaga aylantirmoqchi...

AQSh tomonidan foydalanilgan Qatardagi “Al-Ubeyd” harbiy bazasi yanada kengaytiriladi va doimiy bazaga aylantiriladi.

Bu haqda Qatar mudofaa vaziri Halid al-Attiya ma’lum qildi.

Attiya AQShning poytaxti Vashingtonda joylashgan tadqiqot markazi “Heritage Foundation”ga bergan bayonotida Qatardagi harbiy mutasaddilar AQSh mudofaa vazirligidagi hamkorlar bilan “2040-yilgacha dastur rejasi” asosida o’zaro harbiy aloqalarni mustahkamlashtirishni rejalashtirganligini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Qatardagi “Al-Ubeyd” harbiy bazasi mavjud havo kuchlar bilan bir qatorda, AQShga tegishli dengiz kuchini ham o’z ichiga oladi.

Qatar poytaxti Dohaning 30 km janubi g’arbida joylashgan “Al-Ubeyd” harbiy bazasida AQShning 11 ming askari mavjud. Ular havo kuchlarida xizmat qiladi.

Qatar bilan ko’rfaz davlatlari o’rtasida ro’y bergan inqirozda AQSh qanday ro’l o’ynashi mumkin?

Bu savolga javob bergan Attiya: “Ko’rfaz inqirozini bartaraf etadigan birgina shaxs AQSh prezidenti Donald Trampdir. Bitta telefon bilan bu muammoni hal qilishi mumkin”,-dedi.

“Oq uyni tomonlarni muzokaraga jalb qilishda yetakchilik qilishga chaqirdik. Zero, ko’rfaz mintaqasida ro’y bergan hodisalardan faqatgina terror tashkilotlari manfaatdor bo’lmoqda. Ko’rfaz hamkorlik kengashining samaradorligi energiya oqimi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Dunyoning tabiiy gazga bo’lgan ehtiyojining 30%ini biz ta’minlaymiz”,-dedi Halid al-Attiya.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Doha , #Al-Ubeyd , #Donald Tramp , #harbiy baza

Aloqador xabarlar