Sochida, “Milliy muloqat kongressi” o’z ishini 2.5 soat kech boshladi

Aytib o’tish joizki suriyalik muxoliflar Milliy muloqat kongressda ishtirok etmaslik haqida qaror qabul qildi va kongressdagi o’rnini turk hay’atiga topshirdi.

900165
Sochida, “Milliy muloqat kongressi” o’z ishini 2.5 soat kech boshladi

Rossiyaning Sochi shahrida Suriyada tinchlik o’rnatishga qaratilgan “Milliy muloqat kongressi” o’z ishini boshladi.

Qariyb 1 500 suriyalik delegatsiya ishtirok etgan kongress rejalashtirilganidan 2.5 soat kech boshladi.

Ochilish marosimi Damashq Savdo palatasi raisi Gassam al-Kallaning nutqi bilan boshlar ekan ortidan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Davlat rahbari Vladimir Putinning maktubi o’qib eshittirildi.  

Putin Turkiya va Eronga, Ostona jarayonidagi kafilligi yuzasidan minnatdorchilik bildirib, jarayonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi qarorlari asosida davom etajagini qayd etdi.

Putinning Suriya masalasi bo’yicha maxsus vakili Aleksandır Lavrentiyev, 10 kishidan iborat yetakchilik hay’atini minbarga taklif qilganidan keyin, kongressning yopiq majlislar asosida Suriyadagi mavjud vaziyat va muammoni hal qilish yo’llari kun tartibi bilan davom etajagini ma’lum qildi.  

Lavrentiyev, majlis yakunida yakuniy hisobotning o’qib eshittirilajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Aytib o’tish joizki suriyalik muxoliflar Milliy muloqat kongressda ishtirok etmaslik haqida qaror qabul qildi va kongressdagi o’rnini turk hay’atiga topshirdi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra kongress uchun poytaxt Anqaradan Rossiyaning Sochi shahriga qarab yo’l olgan Suriya muxolifat guruhi, kongress tufayli aeroport va kongress markazidagi rejim bayrog’i o’rin olgan fotosurat va logolarga e’tiroz bildirib, Rossiyaga kirishdan bosh tortgan.

Shuning uchun ham kongressda ishtirok etmaslik haqida qaror qabul qilgan Suriya muxolifat hay’ati, kongressdagi o’rnini turk hay’atiga topshirgan.

Kongressda e’lon qilinishi kutilgan konstitutsiya komissiyasining tashkil etilishiga qaratilgan faoliyatlarning Turkiya tomonidan kuzatilajagi qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar