PYD va YPGning inson huquqlari poymollari

PYD va YPGning inson huquqlari poymollari

900006
PYD va YPGning inson huquqlari poymollari

 

PYD va YPGning inson huquqlari poymollari

PKK va KJK terror tashkilotidan kunimizgacha sharqiy va janubi sharqiy Anadolu mintaqasida yashagan tinch aholiga tazyiq ( qishloq bosqinlari, suiqasd, majburiy ko’chirish, garovga olish, qo’rqitish) o’tkazgan holda, mintaqa xalqini tashkilotga bo’y sundirish strategiyasini yo’lga qo’ymoqda.

PKK terror tashkilotining Suriyadagi hamkori PYD va YPG ham xuddi shu strategiyani Suriyada yashagan aholiga nisbatan ishga solmoqda.

PYD, YPG terror tashkiloti mintaqada yakka hukmron kuch bo’lish maqsadida u yerda yashagan kurd, arab, turkman, yazidiy kabi etnik xalqlarni qirg’in qilishga harakat qilmoqda.

Bu kabi inson huquqlarini poymol qilish holatlari xalqaro inson huquqlari tashkilotlari tomonidan aniqlangan va bu ularning hisobotlarida o’z aksini topgan.

PYD va YPG terror tashkilotlarining zulmi tufayli bir qator mahalliy aholi majburiy ko’chirilmoqda va uy joyidan mahrum qilinmoqda. PYD va YPGning zulmidan bezigan xalq ishonchli davlat sifatida Turkiyaga qochmoqda.

PYD va YPGning buncha jinoyatlariga qaramay, tashqi kuchlar ularga homiylik qilgan va jinoyatlariga ko’z yumgan. DAIShga qarshi kurash bahonasida ularga berilgan qurol-aslahalar mahalliy aholi bo’lmish kurdlar, arablar va turkmanlarni jangarilarga to’be qilishda ishlatilgan.

Masalan; Suriya inson huquqlari tashkiloti tomonidan 2016 yilning yanvar oyida e’lon qilingan hisobotida, PYD va YPG nazoratidagi hududlarda etnik qirg’in, ko’z-ko’rona qo’lga olish holatlari, majburiy harbiy xizmatga chaqirish, ko’chishga majburlash kabi bir qator inson huquqlarini poymol qilish holatlari sodir etilgani kuzatiladi.

Hisobot e’lon qilingan kungacha 407 kishi PYD va YPG tomonidan o’ldirilgan. Bulardan 51 nafari yosh bola, 43 nafari ayol va 16 nafari og’ir qiynoqlar bilan o’ldirilgan kishilarni tashkil qiladi.

Inson huquqlari kuzatish tashkiloti 2014 yilning iyun oyida e’lon qilgan “Under Kurdish Rule: Abuses in PYD-Run Enclaves of Syria” nomli hisobotida ham PYD va YPG terror tashkilotining siyosiy jihatdan o’ziga raqib bo’lgan shaxslarga nisbatan zo’ravonlik, o’girlab ketish, o’ldirish kabi jinoyatlarni ishga solgan. Ayniqsa, PYDga muxolif partiyalar Suriya kurd demokratik partiyasi (PDKS), Yekitiy va Ozodiy mansublariga qarshi yomon muomala ba qo’lga olish holatlari amalga oshirilganligi hisobotda qayd etilgan.

PYD va YPGning etnik qirg’inga qo’l urganligini isbotlovchi dalillarga misol keltiradigan bo’lsak;

MUXOLİFLARGA NİSBATAN QATL ETİSH HOLATLARİ

Suriyada muxolif tashkilotlarga yo’l qo’ymagan terror tashkiloti PYD va YPG muxolif shaxslarga nisbatan turli jinoyatlarga qo’l urgan.

PYD va YPG jinoyatlariga 2011 yilda Suriyadagi muxolif kurdlardan tashkil topgan kelajakning partiyasi yetakchisi Mishel Temo’ga nisbatan sodir etilgan suiqasdni misol qilib keltirish mumkin.

Rejim bilan til biriktirgan terror tashkiloti jinoyatni sodir etish bilan birga mintaqadagi kurdlarning g’azabiga duch kelgan.

PYD va YPG bu suiqasdning ortidan muxoliflarga nisbatan hujumlarini davom ettirgan. Qabila yetakchisi Abdulloh Bedro va Suriya kurdlari demokratik ittifoq partiyasining Halabdan mas’ul vakili Sherzod Hoji Rashid suiqasd natijasida o’ldirilgan.

Qolaversa, Suriya kurdiston demokrat partiyasi rahbari Salah Badriddin terror tashkilotining zo’ravonligi tufayli Germaniya orqali Erbilga qochishga majbur bo’lgan.

Suriyada urushdan oldin 12 nafar kurd guruh bor edi, lekin xozirda faqatgina PKK va PYD terror tashkiloti qolgan xalos. Yuzminglab kurdlar ko’chishga majbur bo’lgan. Turkiyaga 350 ming suriyalik kurd qochib o’tgan va hamon Turkiyada yashamoqda.

HİBSGA OLİNGANLAR YOKİ QO’LGA TUSHİRİLGANLARGA NİSBATAN SUİSTE’MOLLİK

Terror tashkiloti tomonidan politsiya tashkiloti sifatida baholangan Osoyishtalikni saqlash xodimlari tomonidan yo’l qo’yilgan huquqbuzarliklar inson huquqlari kuzatish tashkilotlarining hisobotlarida o’z aksini topgan. Qo’lga olingan shaxslar og’ir qiynoqlarga duch kelganligi va ba’zilari ishkanjaga dosh bera olmay jon berganligi aniqlangan. Hisobotda qayd etilishicha, Afrinda qo’lga olingan Hannah Hamdosh ismli shaxs PYD va YPG jangarilari tomonidan boshi devorga zarb bilan urilgan holda o’ldirilgan 2014 yilning fevralida Sere Kaniye hududida yashagan 24 yoshdagi Rashvan Atash ismli shaxs osoyishtalikni saqlash xodimlari tomonidan o’ldirilgan.

Hisobotga ko’ra, 2012-2014 yillar oralig’ida 9 ta jinoyat va bedarak yo’qolish holatlari sodir etilgan. Bu insonlarning barchasi PYD va YPGga qarshi bo’lgani uchun ham o’ldirilgan bo’lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Bu jinoyatlarning oqibati hamon yoritilmagan.

AYOLLAR VA BOLALARGA NİSBATAN ZO’RAVONLİK

PYD va YPG terror tashkilotlari Suriyada ishg’ol qilgan hududlardagi hukmronligini saqlab qolish, qarshilik ko’rsatgan mahalliy aholini o’ziga bo’y sundirish va safini kengaytirish maqsadida ayollar va bolalarga nisbatan zo’ravonlikka qo’l urmoqdalar.

PYD va YPGning jinoyatlari Suriya inson huquqlari tashkilotining 2016 yildagi hisobotida o’z aksini topgan. Ushbu hisobotda 2011-2016 yillar oralig’ida 42 ayolning PYD va YPG jangarilari tomonidan qatl etilgani rasmiylashtirilgan. Bu ayollardan biri Halab viloyatiga qarashli Say Ghoul qishlog’ida yashovchi Nabiya Al Salah 2015 yilning 14 avgust kuni jangarilar tomonidan Rakka-Tel Abyad yo’lida otib o’ldirilgan.

   Hisobotda diqqat jalb qilgan yana bir misol; Tarfa Halil Al Hasud ismli ayol. U 58 yoshda. Turmush o’rtog’ini o’ldirgan PYD va YPG jangarilaridan yashirinayotgan paytda o’z uyida o’ldirilgan. Hisobotga ko’ra, PYD va YPG 2014 yil yanvar-2015 yil oktyabr oralig’ida Haseke, Kamishli, Afrin kabi tumanlarda “majburiy harbiy xizmat” bahonasi bilan 88 nafar ayolni olib ketgan.

ETNİK QİRG’İN VA MAJBURİY KO’CHİRİSH

PYD va YPG terror tashkilotlari faol bo’lgan mintaqalarda ko’plab arablar, turkmanlar, suryoniylar, armanlar va boshqa etnik millatlar yashaydi. İshg’ol qilingan territoriyalarda o’z hukmronligini ta’minlashga harakat qilgan terror tashkilotlari mintaqada yashagan insonlarni majburiy ko’chishga undamoqda, ba’zi aholi punktlarini buzib, demografiyani o’zgartirmoqda.

Suriya inson huquqlari tashkiloti hisobotida Hasekeda taxminan 100 nafar turkman oila og’ir qiynoqlarga duch kelgani qayd etilgan.

Uy- joyini tark etib ko’chmoq majburiyatida qolgan va  ortidan  qiyin  tirikchilik sharoiti sababli Turkiyaga boshpana keltirganlar.

SNHR tomonidan 2016- yili yanvar oyida tayyorlangan hisobotda, PYD/ YPGning aholi punktlariga  bostirib kirib, bu yerlarni talon- toroj qilgan

 Kurd  millatiga mansub bo’lmagan   joylarda etnik  qirg’ini.

Uylarini  yer bilan yakson qilib ko’chishga majbur qilgan, hisobotga ko’ra, ko’pchiligi Arab, o’n minglab inson PYD/YPG tomonidan uy- joyini tark etmoq majburiyatidan qolgan. Juda ko’p sonda qishloq  vayron qilingan. Barcha bu jinoyatlar, Rim bitimining 8- moddasiga ko’ra urush jinoyati, insoniyatga qarshi ishlangan jinoyat ekanini va joriy xalqaro huquqning  oyoq ostiga olinishi ma’nosiga keladi deb ta’kidlangan. SNHR tomonidan tayyorlangan hisobotga ko’ra, 9 aholi punkti   butunlay vayron qilingan va aholisi uy- joyini tark etmoq majburiyatida qolgan. 19 qishloq esa parcha  ravishda yo’q qilingan.  Bu yerda yashashi xahlanmagan kishilar surgun qilingan. Buning bilan   birgalikda, PYD/ YPG terror tashkiloti  qo’lga kiritgan qishloqlarda etnik  qirg’in  maqsadi  bilan tahdid   va zo‘ravonlik bilan  Kurd bo’lmagan aholi  mintaqani tark etishga majbur qilinmoqda . SNHR tomonidan tayyorlangan hisobotga ko’ra, kamida 49 aholi punktidan o’n minglab inson surgun qilingan.

            PYD/ YPG terror tashkiloti, 2015- yili 26- mayida   juda ko’p onda qishloqda istiqomat qilgan odamlarni qishloqlarini    tezda evakuatsiya qilishlari uchun 24 soat muhlat berganini e’lon qilgan edi.

Bu qishloqlarning  birovida yashagan bir guvohning hisobotda o’rin olgan ifodasiga ko’ra, PYD/YPGlik terroristlar qishloqqa kelgan kundan e’tiboran Arablarga  qarshi bosqinchi uslublarini davom ettirgan, ( so’zda Kurdistonda Arablarga va Turkmanlarga  joy yo’q  va ko’plab uy  terroristlar tomonidan vayron qilingan. Hisobotda o’rin olgan boshqa  bir o’rnak esa 2015-yili fevralida Hasekeda bo’lgan 100 nafar Turkman oilasi terrorist  o’z xahishi bilan qo’lga olishlari va turli iskanjalar bilan uy- joyni tark etishga majbur qilish bilan aloqalidir. Mazkur  xonadonlar, uylarini tark etar ekan, Turkiya boshpana olib keltirgan. Xalqaro  afv tashkiloti ( Amnesty) 2015da guvohlarning aytishicha, sun’iy yo’ldosh tasvirlari va mutaxassislarning kuzatuviga  tayanib  tarqatdi. “ Boradigan boshqa joyimiz yo’q “ We Had Nowere Else to  Go) sarlavhali hisobotda esa, PYD/YPG terror tashkiloti ishlagan etnik qirg’in, surgun va vayronkorlik natijalari o’rtaga chiqdi.

Tel Hamis qishloq hududida joylashgan Arab qishlog’i Huseyniyeda olib borgan tadqiqotlar va vayronkorlikdan  keyin orqada qolgan qishloqliklar  bilan o’tkazgan  uchrashuvlar natijasida hisobotda o’rin oldi. Qishloq, 2014- yili va 2015-  yili iyun oyidagi  holatini  sun’iy yo’ldosh tasvirlari  bilan muqoyasa qilish qilinib chop etilgan.

 225  uydan tashkil topgan  qishloq 1 yil mobaynida 94% vayron qilingan faqat 14 uy sog’lom qolgani aniqlangan.

            Xalqaro  afv tashkiloti mutaxassis Lema Fakih: “ PYD/ YPG, tinch aholining uylarini va qishloqlarini butunlay vayron qilib uy sohiblarini hech bir qonuniy tayanchi bo’lmasdan holda  uy- joyini tark etishga majbur qilib urush jinoyatiga mos hujumlar bilan xalqaro inson  huquqlarini  uyatsiz ravishda oyoq ostiga olganlar.

 VOYAGA  YETMAGAN JANGARİLAR

            PYD/YPG terror tashkiloti, Suriyada amalga oshirgan terror faoliyatlar doirasida  qo’lga kiritgan tuproqlarda hukmronliklarini davom ettirish uchun juda ko’p sonda  voyaga  yetmagan bola janggarilarini  saflariga qo’shib olib urushda jabhalarning  birinchi safda joy bermoqdalar.

            Xalqaro ko’plab bitimda (1949 harb  vaqtida tinch aholini himoya qilish bilan  tegishli Jeneva bitimlari, Jeneva bitimiga qo’shimcha protokol, 1989 Birlashgan millatlar Bola  haqlari bitimi va  voyaga  yetmagan bolalarni   urushda foydalanish  taqiqlangan. Faqat PYD/YPGning ushbu manini  poymol qilishi, juda ko’p mustaqil xalqaro tashkilot tomonidan  hisobotlarida o’rin olmoqda.

            Birlashgan millatlar tashkiloti xalqaro mustaqil Suriya tadqiqot komissiyasining 2013 yili 16- avgustida tarqatgan hisobotida, Afrin va Hasekeda PYD/ YPG 12 yoshar qiz va erkak bolalarni o’z saflariga qo’shib  olgan.

               Birlashgan millatalr tashkilotining Suriyadagi voyaga  yetmagan bolalar va qurolli to’qnashuvlar sarlavhali hisobotda, Haseke hududidagi  yoshlari 14-17 orasidagi  bolalar terror tashkiloti mansubi sifatida tarbiyalab tekshiruv nuqtalari  va urushlarda foydalanilmoqda.                                                                  

               AQShning 2016- yili iyun oyida tarqatgan inson savdosi hisobotida, PYD/YPG terror tashkiloti 15 yoshdan kichik bolalar bilan birgalikda qiz bolalar  va  o’g’il  bolalarni tashkilot mansubi sifatida ta’min etishga, foydalanish va ularni ta’lim lagerlariga olib borishga davom etgani qayd etilgan. Ayni hisobotga ko’r a, 2015- yili aprel oyida, Afrinda terror tashkiloti tomonidan 16 yoshar bir qiz bola oilasining e’tirozlariga qaramasdan PYD/ YPG tomonidan olib qochilgan.

 Inson huquqlari bo‘yicha  kuzatish  qo’ mitasi 2014- yilida tarqatgan “ Kurd ma’muriyati ostida” (Under Kurdish Rule) sarlavhali hisobotda, PYD / YPG- YPJ, 18 yoshdan kichik  voyaga  yetmagan bolalarni tashkilotga a’zo qilib olganlar deb bildirilib urushga surganlari qayd etilgan. Inson haqlari bo’yicha  kuzatish  qo‘mitasi 59  boladan tashkil topgan bir ro’yxatga ega ekanlarini va mazkur bolalardan 10 nafar 15 yoshdan kichik deb  qayd  etilgan.

                                                                                              

 

 


Tanlangan kalimalar: #PYD , #YPG , #TERRORİST

Aloqador xabarlar