Kolumbiyada ro'y bergan portlashda 4 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi

Kolumbiya Davlat rahbari Xuan Manuel Santos hujumni qoralar ekan, aybdorlarning qo’lga olinishi uchun zarur barcha imkoniyatlar ishga solinishini ma’lum qildi.

898644
Kolumbiyada ro'y bergan portlashda 4 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi

 

Kolumbiyaning Barranquilla shahridagi politsiya nazorat markaziga hujum sodir qilindi.

Hujum oqibatida 4 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi, 42 kishi yaralandi.

Yaradorlarning 17 nafari politsiya xodimi.

Politsiya xodimlari xizmat joyiga yo’l olish arafasida to’plangan paytda bomba portlatilgan.

Kolumbiya Davlat rahbari Xuan Manuel Santos hujumni qoralar ekan, aybdorlarning qo’lga olinishi uchun zarur barcha imkoniyatlar ishga solinishini ma’lum qildi.

Kolumbiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, voqeaga doir olib borilayotgan tergov doirasida bir kishi qo’lga olingan.

Aybdorlarni qo’lga olish uchun 50 mln peso pul mukofoti belgilandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar