TQK va ESQ Rajo tumanida ayrim hududlarni o'z nazoratiga oldi...

TQK va ESQ, PYD/PKK ishg'ol qilgan Afrin hududining Shimoliy g'arbidagi Rajo tumaniga bog'li Ali Bekke qishlog'ini o'z nazoratiga oldi.

898188
TQK va ESQ Rajo tumanida ayrim hududlarni o'z nazoratiga oldi...

Turk Qurolli Kuchlari (TQK) va Erkin Suriya Qo'shini (ESQ), Zaytun novdasi operatsiyasi doirasida terror tashkiloti PYD/PKK ishg'ol qilgan Afrin hududining Shimoliy g'arbidagi Rajo tumaniga bog'li Ali Bekke qishlog'ini o'z nazoratiga oldi.

TQK va ESQ kuchi 8. kunida Zaytun novdasi operatsiyasi doirasida Rajo tumanida 740. nuqta bilan tashkilotning ta'lim lagerini o'z nazoratiga olgani bildirildi.

TQK va ESQnining 20- yanvar kuni boshlatgan quruqlik operatsiyasida, Adamali, Haftar, Hay Og'ul, O'mer Ushag'i, Shayh Abid, Karmanli, Bali Qishlog'i, Kurni va Mahmud Ubasi qishloqlari bilan Syria Tel teppaligi tashkilotdan olingan edi.

Bosh shtab boshqarmasi, harbiy operatsiyasining birinci kuni va keyin bergan bayonotlarida, operatsiyaning Turkiyaning xalqaro huquqga ko'ra haqqi, Birlashgan Millatlar xavfsizlik kengashining terrorga qarshi kurash mavzusidagi qat'iyligini va BMT shartnomasiga ko'ra o'zini mudofaa etish huquqi doirasida, Suriyaning tuproq yaxlitligiga hurmat ko'rsatilgan holda davom etgani bildirilgan edi.

Bayonotda, faqat terror makonlarining nishonga olingani, tinch aholiga zarar yetmaslik uchun favqulodda g'ayrat qilganiga diqqat qaratildi.



Aloqador xabarlar