Mahmud Abbas Tayyib Erdo'g'anni "Sharaf mehmoni" bo'lishga taklif qildi

Mahmud Abbas, Rejep Tayyib Erdo'g'anni "2018- Al-Quds Islom dunyosi yoshlik poytaxti" dasturining sharafli mehmoni bo'lishga da'vat qildi.

897828
Mahmud Abbas Tayyib Erdo'g'anni "Sharaf mehmoni" bo'lishga taklif qildi

Flastin davlat rahbari Mahmud Abbas, prezident Rejep Tayyib Erdo'g'anni "2018- Al-Quds Islom dunyosi yoshlik poytaxti" dasturining sharafli mehmoni bo'lishga da'vat qildi.

Falastin Yoshlik va Sport vaziri Jibril Rajoub bergan bayonotida, Abbasning, Islom Konferensiyasi Dialog va Hamkorlik Forumi bilan kuchga kirgan "2018 Al-Quds Islom dunyosi yoshlik oytaxti" dasturi doirasida, mezbon sifatida Prezident Erdoganga bir taklifnoma yuborganini bildirdi.

Rajoub, Abbas yuborgan taklif xatida Erdo'g'anga Islom Hamkorlik Tashkiloti davr rahbari sifatida, Al-Quds bilan bog'liq izlagan uslubi va xalqaro maydonlarda samimiy dastaklari uchun minnatdorlik bildirganiga diqqat qaratdi.

Islom Hamkorlik tashkilotiga bog'li markazi Istanbulda bo'lgan Xalqaro uyushma Islom konferensiyasi va hamkorlik Forumi va Falastin Yoshlik va Sport vazirligi hamkorligida o'tkazilgan "Al-Quds 2018 Islom dunosi yoshlik poytaxti" dasturining ochilishida 6-fevral kuni Falastin davlat rahbari Mahmud Abbasning mezbonligida va Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlardan Yoshlik va Sport vazirliklarining ishtirogida amalga oshirilishi mo'ljallanmoqda.



Aloqador xabarlar