Afg’onistonda, “Bolalarni asraylik” tashkiloti ofisiga qarshi hujum uyushtirildi

Afg’oniston sharqidagi Nangarhar viloyatida Buyuk Britaniyaning “Bolalarni asraylik” (Save the Children) deb nomlangan xalqaro huquqiy tashkiloti ofisini nishonga olgan xudkushlik hujumi uyushtirildi.

896155
Afg’onistonda, “Bolalarni asraylik” tashkiloti ofisiga qarshi hujum uyushtirildi

Afg’oniston sharqidagi Nangarhar viloyatida Buyuk Britaniyaning “Bolalarni asraylik” (Save the Children) deb nomlangan xalqaro huquqiy tashkiloti ofisini nishonga olgan xudkushlik hujumi oqibatida 12 kishi tan jarohati oldi.  

Nangarhar shahar hokimi voizi Ataulloh Hogyoniyning qayd etishicha, mamlakatning Jalalobod shahridagi ofisni nishonga olgan 4 hujumchidan biri ustidagi bombani ofis eshigida portlatgan, qolganlari esa ichkariga kirib, atrofga o’q uzgan.

Hogyoniy, xavfsizlik kuchlari bilan hujumchilar o’rtasida kelib chiqqan to’qnashuvning davom etganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Ofisga qarab yo’l olgan barcha ko’cha foydalanishga yopib qoyilgan.

Hujumni hali hanuz hech kim o’z bo’yniga olmagan.

Afg’onistonda ikki kun avval poytaxt Qobuldagi “İnternational Otel” mehmonxonasiga qarshi uyushtirilgan qurolli hujumda 18 kishi jon bergan edi. Jon berganlardan 14 nafari chet ellik bo’lgan.



Aloqador xabarlar