Germaniya aeraportida Turk yo'lovchilarga hujum qilindi...

Germaniyaning Hannover-Langenhagen aeraportida, PYD/PKK a'zolari Turk yo'lovchilarga hujum qildi.

894853
Germaniya aeraportida Turk yo'lovchilarga hujum qilindi...

Germaniyaning Hannover-Langenhagen aeraportida, ruxsatsiz namoyish o'tkazgan terror tashkiloti PYD/PKK a'zolari Turk yo'lovchilarga hujum qildi.

Ba'zi nemis gazetasining internet saytlarida joy olgan suratlarda, Hannover-Langenhagen aeraortida terror tashkiloti tarafdorlari, namoyish chog'ida plakat va kaltaklar bilan Turk yo'lovchilarga hujum qilgani ko'rinmoqda.

Hannover palitsiya tashkilotining bergan bayonotida, aeraportda ro'y bergan ushbu yoqimsiz hodisada olitsiyachilarning ko'z achituvchi gaz sepgani bildirildi.

Bir turk havo yo'li shirkatiga qaratilgan ushbu norozichilik namoyishining politsiyadan ruxsat olinmagan holda uyushtirilgani bildirilgan bayonotda, hodisada 2 kishining yengil shikastlangani bildirildi.

Bayonotda, hodisa bilan bog'liq insonlarga qasdan shikast yetkazish va mulkka zarar berish ayblari bilan bir nechta kishi haqida tergov qo'zg'atilgani qayd etidli.

Jannoversche Allgemeine Zeuting gazetasining xabar qilishicha, aeraportning "Terminal B" bo'limida tahminan 180 kishi orasida o'zaro kelishmovsizlik ro'y bergani va bu hodisalar tufayli Istanbulga keladigan bir samoylotning safari kechikgani ifoda etildi.

Terror tashkiloti PYD/PKK tarafdorlari avvalgi kun Germaniyada 2 ta jomega hujum qilgan edi.



Aloqador xabarlar