Sergey Lavrov Turkiyaning Afrindagi harbiy amaliyotlari haqida mulohaza bildirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning Suriyadagi bir tomonlama harakati Turkiyani g’azablantirganligini ma’lum qildi.

893987
Sergey Lavrov Turkiyaning Afrindagi harbiy amaliyotlari haqida mulohaza bildirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning Suriyadagi bir tomonlama harakati Turkiyani g’azablantirganligini ma’lum qildi.

Sergey Lavrov bu so’zlarni “Kommersant” gazetasiga bergan intervyusida gapirib o’tdi.

Lavrov intervyuda Turkiyaning Afrindagi harbiy amaliyotlari haqida mulohaza bildirdi.

“Bir qator siyosatchilar nima uchun xavotirlanganimizni so’ramoqda va shunday demoqdalar: “Qoyavering, AQSh Eron yoki Turkiyani g’azablantirgan holda, bir tomonlama harakat qilayotgan Suriya kabi mamlakatlarda kelishuv yetarsizligini, tashqi munosabatlardagi salbiy ro’lini isbotlayversin”,-dedi Sergey Lavrov.

Uning aytishicha, Rossiya bahorda AQShga hamkorlik taklif qilgan edi, bu taklif hamon o’z kuchini yo’qotmagan.

“Taklif va tavsiyalarimiz hamon o’z kuchini yo’qotmadi. Biz har doim qarshi chiqish o’rniga amerikaliklarning yoki boshqa biron davlatlarning faoliyatlaridagi asl maqsadni anglashga harakat qildik”,-dedi Sergey Lavrov.

AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini asossiz va ma’nosiz deb baholagan Lavrov bunday sanksiyalar Rossiyaning tashqi siyosat yo’nalishiga ta’sir ko’rsata olmasligini ta’kidladi.

“Ruslarga qarshi bunchalik salbiy ko’z-qarash tarixda ham bo’lmagan. Sovet Ittifoqi bilan AQSh o’rtasida ideologik ihtiloflar mavjud bo’lgan qahraton urush davrida ham bunday vaziyat kuzatilmagan edi”,-dedi Sergey Lavrov.



Aloqador xabarlar