Qatar NATO bilan xavfsizlik shartnomasini imzoladi

“Belgiyaning poytaxti Brusselda Qatar va NATO o’rtasida xavfsizlik shartnomasi imzolandi”,-deyiladi bayonotda.

891929
Qatar NATO bilan xavfsizlik shartnomasini imzoladi

Qatar mudofaa vazirligi NATO bilan xavfsizlik shartnomasini imzoladi.

Bu haqda Qatar mudofaa vazirligi yozma bayonot berdi.

“Belgiyaning poytaxti Brusselda Qatar va NATO o’rtasida xavfsizlik shartnomasi imzolandi”,-deyiladi bayonotda.

Mazkur shartnomaga Qatar qurolli kuchlari xalqaro harbiy hamkorlik hay’ati rahbari Tarik Xolid Abdeli va NATO bosh kotib o’rinbosari Rose Gottemoeller imzo qo’ydi.

Tomonlar 2004 yilda Istanbulda bo’lib o’tgan sammit doirasida yo’lga qo’yilgan hamkorlikning ahamiyatiga to’xtalib o’tdilar.

Eslatma: 2004 yilning iyun oyida Istanbulda bo’lib o’tgan NATO sammitida xavfsizlik bo’yicha hamkorlik yo’lga qo’yilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar