Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 3-qism

Bu yil yani 2018-yil Iroqda saylov o'tkaziladi. Lekin AQShning ishg’oli ortidan Iroqda o’tkazilgan saylovlar ortidan har doim katta muammolar tug’ildi.

889638
Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 3-qism

Bu yil yani 2018-yil Iroqda saylov o'tkaziladi. Lekin AQShning ishg’oli ortidan Iroqda o’tkazilgan saylovlar ortidan har doim katta muammolar tug’ildi.

Albatta bitta natija ustidan vaziyatni umumlashtirish to'g’ri emas lekin DEASh terror tashkilotining yo’q qilinishi bilan Iroq muammosi butunlay hal bo’lib qolmaydi. Shuning uchun ham 2018-yili Iroqni yaqindan kuzatib borishimiz darkor.

Shunday ekan keling dasturimizning bugungi sonida, Iroqdagi saylovlar va barqarorlik haqida so’z qilaylik. 

Bundan roppa-rosa 15 yil muqaddam yani 2003-yili AQSh Iroqni ishg’ol qilib olar ekan ana shu yildan beri Iroqdagi davlat tashkilotlari va idoralari tolig’i bilan qayta tiklanolmadi. Saylovlar deyarli “muntazam” ravishda o’tkazilishiga qaramay, ishg’ol ortidan siyosatning etnik va mazhab masalalari ustida takror modernizatsiya qilinishi, siyosat muassasasining muammolarni hal qiladigan aktyor bo’lishga qaraganda ko’proq mavjud muammolarning avj olishiga yo’l ochadigan sifatka burkanishiga yo’l ochdi. Shuning uchun ham Iroqda, ishg’oldan keyin o’tkazilgan har bir saylovda farqli va bir-birindan yirik muammolar tug’ildi.

Iroqda 2005-yilning oxirida o’tkazilgan saylov ortidan mamlakat 2006-yildan e’tiboran mazhab masalalari og’ir boskan ichki urush tomon yo’l oldi. 2010-yildagi saylov ortidan majlisda sunniy-shia qutblashishlari ortar ekan o’sha davrning Bosh vaziri Nuriy Malikiyning sunniy arablarni yakkalagan siyosatlari ijtimoiy tartibsizliklarning tubdan izdan chiqishiga olib keldi. 2014-yili bo’lib o’tkan saylovdan ko’p o’tmay DEASh hujumlari bilan mamlakat vayron bo’ldi.

Ehtimol, 2018-yili o’tkazilishi rejalashtirilgan saylov ham oldingilardan farqli bo’lmaydi. Aslida vaziyat unchalik ham yomon emas. Chunki bugungi kunda mamlakatda DEASh unsurlari sal bo’lsa ham kamaygandek.

Shimoliy Iroqda bo’lib o’tkan mustaqillik referendumi ortidan Bosh vazir Haydar al-Abadiyning, mintaqa kuchlari bilan birgalikda tashlagan qadamlari, Bog’dodni Arbil oldida 2003-yildan beri eng kuchli nuqtaga olib keldi. Ustiga-ustak bu muammolar ichidagi Iroq hukumati neft ishlab chiqarilishini orttirishga muvaffaq bo’ldi va yirik urush sarflashlariga qaramay oyoqda tik tura oldilar. Bunga ko’ra 2014-yili Bosh vazir bo’lganida tarqab ketish arafasidagi bir mamlakatni boshqarishga majbur bo’lgan Haydar al-Abadiyning 4 yillik davri murakkab o’tsa ham tarix daftarchasida muhim muvaffaqiyatlar qayd etildi.

Lekin Bog’doddagi vaziyatning ikkinchi yuzi ham bor. Eng avvalo, Bog’dodning terrorist va separatist guruhlarga qarshi kurash olib borgan jarayoni oson o’tmadi. Bog’dod kuchining Iroq siyosatidagi o’rnining qanchalik ortkanligi haqidagi savollarning javobi boshqacha savollar orqali topiladi. Kuchlangan Bog’dodmi yoki Bog’dod ustida ta’siri bo’lgan va har biri davlat ichida davlatdek muomala qilgan kichik guruhlarning ittifoqimi?

Kelgusi saylovlarda siyosiy muvozanatlar

Iroq parlamenti 2018-yilning 12-mayi kuni saylov o’tkazilishi haqida ma’lumot berdi. Bugungacha Iroqda saylovlar ko’pincha keyingiga qoldirildi va rejalashtirlgan kundan e’tiboran kamida 6 oy keyin o’tkazildi. Lekin saylov kuni aniq e’lon qilinganidan keyin, saylovlar keyingiga qoldirilmadi. Lekin saylovlar va siyosatning taqdiriga o’z ta’sirini ko’rsatgan kritik muvozanatlar haqida ko’plab javobsiz savollar mavjud.

Bu savollardan birinchisi eng avvalo Iroqda DEAShdan keyin separatist guruhlardan qutqargan iroqlik shia arablar o’rtasida keng qabul qilingan Hashdi Shabining yangi siyosiy davrdagi rolining nima bo’lishidir. Oyatulloh Ali Sistoniyning qurolli guruhlarga qaratilgan undovlar ortidan ko’pchilik guruh qurollarni tashlashni va tinch aholi siyosatiga kirishni tanlay boshladi. Aytib o’tish joizki Hashdi Shabi anchadan beri Iroq Mudofaa vazirligi ichida edi, yani, qonuniy tashkilotga aylangan edi va buning a’zolari ham ana shundan beri davlatdan maoshini olgan xavfsizlik xodimiga aylandi.

Ikkinchi savol esa sunniy arablarning yangi tizimga qanday qilib integratsiya bo’lishi masalasidir. AQShning Iroqda, Baas partiyasi faoliyatini to'xtatganidan beri hal qilinolmagan bu masala oxirig 15 yilning eng murakkab masalasiga aylandi. Sobiq Baaschilarning bir bo’lagi ba’zi qabilalar kabi DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashda muhim rol o’ynadi. Lekin oxirgi uch yil mobaynida sunniy arablar tog’rirog’i tarqab ketdi. Ulardan bir bo’lagi DEASh tomonidan yo’q qilinar ekan, ba’zilari Bog’dod bilan hamkorlik qildi va bugungi kunda guruhning eng kuchlilariga aylandi.

Lekin nima bo’lishidan qat’iy nazar sunniy arablarning eski vakillari hammaga ma’lum bo’lgan qabila raislari jihatidan ham, siyosiy partiya liderlari jihatidan ham eski kuchiga ega emas. 

IKMM bilan bo’lgan munosabatlari

So’zimiz yakunida iroqlik kurdlarning kelajagiga toxtalishimiz darkor. IKMMdagi partiya a’zolari bu yil bir emas ikkita saylov o’tkazadi. Bu vaziyat Iroqdagi barcha kurdlar uchun muhimdir. Lekin 16-oktabrdan keyin Bog’dodda yuz bergan voqealar IKMMga o’z ta’sirini yana-da ko’proq ko’rsatadigan bo’ldi. Kurdlar, 2003-2010 yillar orasida Bog’doddagi vaziyatga o’z ta’sirini ko’rsata olish kuchini ayniqsa 2014-yildan keyin yo’qotdi. Parlamentdagi o’rni ko’p bo’lishiga qaramay yangi hukumatning milliy birlik hukumatiga ega bo’lmasligi kritik vazifa ola olishlari jihatidan judayam murakkab.

Lekin shu haqiqat yani, muvozanatlar natijasida IKMM Bog’dodda takror o’z kuchini topishi darkor. Aks holda federal mintaqadagi iqtisodiy muammolar halokatga yetaklashi mumkin.

 

 



Aloqador xabarlar