Beshar Asad rejimi Sharqiy Gutaga aviazarba berdi

Suriyada Beshar Asad rejimi qamali ostida bo’lgan Sharqiy Gutaga sodir qilingan hujumlarda 5 kishi halok bo’ldi.

887469
Beshar Asad rejimi Sharqiy Gutaga aviazarba berdi

 

Suriyada Beshar Asad rejimi qamali ostida bo’lgan Sharqiy Gutaga sodir qilingan hujumlarda 5 kishi halok bo’ldi.

Beshar Asad rejimiga tegishli kuchlar Duma va Haresta tumanlari bilan Bayt Sava, Misraba, Sakba, Arbin, Merj, Jisrin, Medyare va Hammuriya hududlariga aviazarba berdi.

Qutqaruv mutahassislari vayronalar tagida qolib ketgan insonlarni qutqarmoqda.

Yaradorlar atrofdagi shifoxonalarga joylashtirilmoqda.

To’xtovsiz davom etayotgan hujumlar tufayli qurbonlar soni ortishidan tashvish qilinmoqda.

Eslatma: 2017 yilning 14 noyabridan beri Sharqiy Gutaga sodir qilinayotgan hujumlarda kamida 312 kishi nobud bo’ldi. Bulardan 5 nafari qutqaruv mutahassislari.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Sharqiy Guta , #hujum , #Beshar Asad rejimi

Aloqador xabarlar