Germaniyada Red daryosi to'lib toshdi...

Germaniyada Ren daryosi toshgani uchun atrofda yashagan insonlarning suv bosqiniga uchrash xavfi paydo bo'ldi.

884315
Germaniyada Red daryosi to'lib toshdi...

Germaniyada Ren daryosining yog'ingarchilik natijasida sathining ko'tarilishi bilan atrofda yashagan insonlarning suv bosqiniga uchrash xavfi paydo bo'ldi.

Shimoliy Ren Vestfalya (KRV) viloyatining eng katta shahri bo'lgan Ko'lnda, suv saviyasi oshib 8,80 metrga borib yetgani bildirildi.

Suv sahtining ko'tarilishi bilan daryoning atrofidagi yo'laklar suv ostida qolgan viloyatda, ayrim yo'lovchi va yuk moshinalarning ko'priklar ostidan o'ta olmagani qayd etildi.

Vakillar ayrim korxona va uylarning yer to'lalarini suv bosganini bildirar ekan, daryoning atrofidagi yo'llarni suv bosgani uchun baryera va xavfsizlik lentalari o'rnatilgani kuzatildi.

Ko'ln, Ren daryosining ko'tarilishi natijasida 1993 va 1995 yillari 2 marta suv bosqiniga uchragan, bu halokatlar oqibatida katta moddiy zararlar maydonga kelgan edi.


Tanlangan kalimalar: #germaniya , #ren daryosi , #toshib ketgan

Aloqador xabarlar