Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa May,  vazirlar mahkamasiga o’zgarish kiritdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa May,  vazirlar mahkamasiga o’zgarish kiritar ekan, 5 muhim vazir  o’z o’rinlarini saqlab qoldi.

884397
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa May,  vazirlar mahkamasiga o’zgarish kiritdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Theresa May,  vazirlar mahkamasiga o’zgarish kiritar ekan, 5 muhim vazir  o’z o’rinlarini saqlab qoldi.

O’tga yil ketma- ket 3 iste’fo bilan o’tkazgan May rahbariyatidagi  hukumatga o’zgarish kiritdi.

Bosh vazir May, Moliya vaziri Philip Hammond, Tashqi ishlar vaziri Boris Johnson, Ichki ishlar vaziri Amber Ruddd, Brexit  vaziri David Davis  bilan Mudofaa vaziri Gavin  Villiamsonni lavozimida saqlab qoldi.  

Vazirlar  mahkamasiga  dastlabki  tayinda, nomi jinsiy zo‘ravonlik iddaosi bilan chiqqani uchun  2017- yili  dekabr oyida  iste’foga chiqish  majburiyatida qolgan Damian Greenning o’rniga Bosh vazir o’rinbosarlik vazifasini olib borayotgan Adolat Vazir David Lidington tayin qilinar ekan, undan bo’shalgan kursiga esa David Gauke o’tirdi.  

Theresa May, Brandon Levisni davlat vazirligiga tayin qilar elan, jamiyatlar va mahalliy boshqaruvlar vaziri Sajid Javid  lavozimiga uy- joy va qurilish  ishlari vazifasini ham   qo’shimcha qildi.

O’zgarishlar doirasida, o’lkadagi shifoxonalarda va tez tibbiy yordam xizmati doirasida  sodir bo’lgan inqiroz  o’z avjiga  erishgan kamchiliklar tufayli,  muxolafat tomonidan  qattiq tanqid qilinayotgan Sog’likni  saqlash vaziri Jeremy Hund lavozimiga esa ijtimoiy xizmat vazirligini ham  qo’shimcha qildi.

James Brokenshire  esa salomatlik  muammolarini sabab qilib ko’rsatib bugun ertalab iste’foga chiqqan Shimoliy  İrlandiya Vazirligiga esa Karen Bradley tayin qilindi.

Vazirlar mahkamasiga o’zgarish kiritishga davom etiladi deb  ma’lum qilgan May, Yevropa ittifoqi bilan Brezit mavzusida bir kelishuvga  borilmaslik ehtimolini ham nazarda tutib,” kelishilmas Brexit” ssenariyga qarshi  bu  nom ostida bir  vazirlik tashkil etishi ham  kutilmoqda.  

 

 



Aloqador xabarlar