AQSh Pokistonga harbiy yordamni to'xtatdi

AQSh mudofaa vazirligi Pentagon Pokistonga harbiy operatsiyalar evaziga to’lanadigan 900 mln dollarlik harbiy yordamni to’xtatdi.

884272
AQSh Pokistonga harbiy yordamni to'xtatdi

AQSh mudofaa vazirligi Pentagon Pokistonga harbiy operatsiyalar evaziga to’lanadigan 900 mln dollarlik harbiy yordamni to’xtatdi.

Bu haqda Pentagon kotibi polkovnik Robert Manning ma’lum qildi.

“Koalitsiyani qo’llab quvvatlash fondidan 900 mln dollar mablag’ ajratish nazarda tutilgan edi. Bu mablag’ to’xtatildi. Pokistonning terror guruhlariga qarshi jiddiy kurash olib borishidan umidvor bo’lganimiz uchun bu mablag’ bekor qilinmagandi”,-dedi Robert Manning.

U 2016 yilgi moliyaviy byudjet doirasida 540 mln dollar mablag’ mart oyida Pokistonga berilganligini ma’lum qildi.

2017 yilgi moliyaviy byudjet doirasida ikki yillik rejalashtirilgan harbiy yordam dasturi ham oktyabr oyigacha muhokama qilinadi.

“Maqsadimiz barchaga ma’lum. Tolibon va Xoqoniy jangarilari bundan buyon Pokistonda qolmasligi va u yerdan turib hujum qilmasligi kerak. AQSh bu maqsad bilan Pokistonda amalga oshirmoqchi bo’lgan aniq rejalarini ma’lum qildi. Bunga qaramay, barcha terror guruhlariga qarshi Pokiston bilan hamkorlik qilishga tayyormiz”,-dedi Pentagon kotibi polkovnik Robert Manning.

Pokiston hukumati bilan bu mavzuni muhokama qilishini tilga olgan Pentagon kotibi masala hal bo’lmagan taqdirda, 2018 yilgi moliyaviy byudjet doirasida kelgusi ikki yilga ajratilgan harbiy yordam ham to’xtatilishini bildirdi.

AQSh bilan Pokiston o’rtasidagi inqiroz AQSh prezidenti Donald Trampning Pokiston hukumatini Afg’onistondagi terror guruhlarini qo’llab quvvatlaganlikda ayblashi bilan boshlangandi.

Pokiston AQShga nisbatan ikkiyuzlamachilik qilayotganini ilgari surgan Trampga Pokiston tashqi ishlar vazirligi javob bergandi.

Pokiston tashqi ishlar vazirligi: “Pokiston AQShning Afg’onistondagi muvaffaqiyatsizligidan mas’ul emas. AQShning yordamlari Pokistonning xizmatlari evaziga berildi”,-deya bayonot bergandi.

 

 



Aloqador xabarlar