AQShda qahraton sovuq o'z kuchini ko'rsatmoqda

Nyu-York xalqaro aeroporti ko'rish masofasi pasaygani va kuchli qor tufayli o'z ishini vaqtinchalik to'xtatdi.

883220
AQShda qahraton sovuq o'z kuchini ko'rsatmoqda

Amerika Qo'shma Shtatlarining Atlantika okeani sohillari uchun dekabr oxiri va yanvar oyi boshi juda qorli hamda sovuq keldi.

Mamlakatning ba’zi shtatlarida qor yog'ishi hamon davom etmoqda.

Rojdestvo bayrami arafasida yoqqan qalin qordan so’ng Chikagoda havo harorati -20 darajani ko’rsatdi.

Jon Kennedi nomidagi Nyu-York xalqaro aeroporti ko'rish masofasi pasaygani va kuchli qor tufayli o'z ishini vaqtinchalik to'xtatdi, megapolisdagi maktablarda esa mashg'ulotlar bekor qilindi.

Ko’chalarda muzlashni oldini olishga doir choralar kuchaytirildi.

Chikago daryosi va Michigan ko’lida muz yorish ishlari olib borilmoqda.

Qahraton sovuqqa qarshi insonlar ogohlantirilar ekan, ko’chalarda isinish markazlari tashkil qilindi.

Chikago xalqi boshpanasiz insonlarga issiq adeyal tarqatmoqda, ba’zilar esa, boshpanasiz insonlarni uyiga qabul qilmoqda.

AQSh poytaxti Vashingtonda sovuq harorat yanvar oyi o'rtalariga qadar davom etadi.

Luiziana, Janubiy Karolina va Jorjiyada favvoralar ham muzlab qoldi, bu esa tabiatda ajoyib manzara paydo qildi.

Qahraton sovuqdan hayvonlar ham zarar ko’rdi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Chikago , #sovuq , #qahraton qish

Aloqador xabarlar