Afg’oniston poytaxti Qobulda yana xudkushlik hujumi uyushtirildi

Afg’oniston poytaxti Qobulda bir norozichilik namoyishi chog’ida xudkushlik hujumi uyushtirildi.

882312
Afg’oniston poytaxti Qobulda yana xudkushlik hujumi uyushtirildi

Afg’oniston poytaxti Qobulda uyushtirilgan xudkushlik hujumida 20 kishi jon berdi, 25 kishi esa tan jarohati oldi. Ular orasida politsiya xodimlarining ham borligi aniqlandi.

Xudkushlik hujumi bir norozichilik namoyishi chog’ida sodir etildi.

Shuning uchun ham atrofda ko’plab politsiya xodimining borligi qayd etilmoqda.

Hujumni DEASh terror tashkiloti o’z bo’yniga oldi.

Qobulda oxirgi marotaba 28-dekabr kuni DEASh terror tashkiloti tomonidan bombali hujum uyushtirilgan bo’lib, kamida 40 kishi jon bergan edi.

Hujum, 2017-yilning oktabr oyida 69 kishining o’limi bilan natijalangan hujum ortidan eng qonli hujum deya ifoda etilgan edi.



Aloqador xabarlar