Turk tarixshunos Ilber Ortayli, Eronda ichki nizoh bo'lmasligini izohladi

Turk tarixshunos Ilber Ortayli, Eronda qat'iylik bilan Iroq va Suriya kabi ichki nizoh bo'lmasligini izohladi.

881720
Turk tarixshunos Ilber Ortayli, Eronda ichki nizoh bo'lmasligini izohladi

Turk tarixshunos Ilber Ortayli, Eronda qat'iylik bilan Iroq va Suriya kabi ichki nizoh bo'lmasligini izohladi.

Istanbul Fatih munisipalitetida an'anaga aylangan 'Kahva xona suhbatlari' dasturining bu galgi mehmoni tarixshunos-yozuvchi rofessor doktor Ilber Ortayli bo'ldi.

Ijtimoi media orqali jonli efirga uzatilgan dasturda Ilber Ortayli dolzarb mavzular haqqidagi mulohaza bildirdi.

Eronda 2017 yili 28- dekabr kuni boshlagan va o'lkaning deyarli har tomoniga tarqalgan norocihilik namoyishlarini baholagan Ortayli, Eronning qadim davlat an'anasi bo'lganiga diqqat qaratdi.

Erondagi mavjud vaziyatning nozuk bo'lganini ifoda etgan Ortayli, "Lekin Eron hech bir shaklda Iroq va Suriya kabi bo'lmaydi. Chunki Eron, qadim bir madaniyatga ega, eski bir davlat an'anasi bor. O'tmishi mukammal" dedi.

Iqtisodiyotga ijtimoi nuqtai nazardan ham to'xtalib o'tgan Ortayli, "Turkiyada 1950-yillar boshlagan tashabbus Eronda hech qachon bo'lmagan. Bu neftga tayangan davlatlarning zayif tomonidir" dedi.

Amerika qo'shma shtatlarining (AQSh) Erondagi namoyishlardan o'ziga manfaat chiqarishni istanini ifoda etgan Ilber Ortayli, "AQSh yana ko'p kutadi. Chunki Erondagi guruhlar o'z vatanlariga sadoqatli, boshqalarining vositasi bo'lmaydilar" dedi.

 



Aloqador xabarlar