Eronda davom etayotgan namoyishlar uchun BMT Xavfsizlik kengashini yig’ilishga chaqirildi

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Birlashgan millatlar tashkilot (BMT)  doimiy namoyandasi Nikki Haley, Eronda davom etayotgan namoyishlar borasida  BMT Xavfsizlik kengashini shoshilinch ravishda yig’ilishga chaqirishini  ma’lum qildi.

880774
Eronda davom etayotgan namoyishlar uchun BMT Xavfsizlik kengashini  yig’ilishga chaqirildi

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Birlashgan millatlar tashkilot (BMT)  doimiy namoyandasi Nikki Haley, Eronda davom etayotgan namoyishlar borasida  BMT Xavfsizlik kengashini shoshilinch ravishda yig’ilishga chaqirishini  ma’lum qildi.

Haley, BMT markazida uyushtirgan matbuoti anjumanida, Eron xalqi “ hukumatning bosimlariga  qarshi norozilik bildirish uchun ko’chalarni to’ldirganini” qayd etib, namoyishni qo’llab- quvvatlaganlarini ma’lum qildi.

O’lkadagi namoyishlar chet el tomonidan boshqarilmaganini va xalq o’zi- o’zidan ko’chlarni to’ldirganini aytgan Haley,  “ Eron xalqining jasoratini olqishlaymiz. Dedi.

Haley, Eron hukumati” o’z xalqini o’ldirish kabi bir o’tmishga ega ekanini” iddao qilib, Eronda davom etayotgan  namoyishlar bilan aloqali BMTXKni shoshilinch ravishda yig’ilishini bildirdi.

Boshqa tomondan,

Oq uy matbuot kotibasi Sarah Sanders, 2018- yilining   birinchi  matbuoti anjumanida  Eronda davom etayotgan namoyishlar bilan aloqali savollarga javob berdi.

AQSh ma’muriyati  namoyishchilarning so’z erkinligi haqidan foydalanishni qo’llab- quvvatlaganini  ta’kidlagan Sanders,

“ AQSh, Eron xalqini himoya qilmoqda.  Rejimga, o’z fuqarolarini tinchlik sevar yo’llar bilan o’zgarish  orzu istagini tilga olish tamal haqiga hurmat qilishga  chaqiramiz.” Dedi.   

Erondagi rejim xalqning ehtiyojlarini qondirish o’rniga” terrorni qo’llab- quvvatlamoqda”  deb mudofaa qilgan Sanders,

“ Eron xalqi kundalik hayotida ortgan korruptsiya sababli  juda ham g’azablangan holatda, odamlar korruptsiyaga va zo’ravonlikka  aralashgan boshqaruvchilar qilmishlarining badalini to’lashdan charchagan. Bularning natijasida jasur Eron xalqining ommaviy qo'zg'olonini  ko’ryapmiz.” Deb baholadi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilish borasida hanuz yakuni bir qarorga bormagan degan Sanders, Tramp barcha  variantlar o’z stolida to’xtatib qo’ygan dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Namoyish , #AQSh , #BMTXK , #Yig'lish

Aloqador xabarlar